Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Talabalar ishtirokida profilaktik davra suhbati tashkil etildi

O‘zbekiston Milliy universiteti Iqtisodiyot fakultetida, tegishli mas’ullar, jumladan rektor maslahatchisi J.Ruziyev, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Sh.Gʻulomov, profilaktika katta inspektori, podpolkovnik A.Abdulhaqov ishtirokida profilaktik davra suhbati o‘tkazildi.

⏺️Ma’ruzachilar o‘z so‘zlarida yot va buzg‘unchi g‘oyalar ta’siriga tushib qolmaslik, yoshlar o‘rtasida giyohvandlik vositalari, psixatrop moddalar va kuchli ta’sir qiluvchi periparatlarning iste’moli hamda noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq holatlarni oldini olish, turli tuman ommaviy tartibsizliklar, mitinglarda ishtirok etishdan ogoh bo‘lish, turli xil korrupsion holatlarni bartaraf etish kabi mavzularda tushunchalar berib o‘tildi.

⏺️Shu bilan birga ushbu noqonuniy xatti-harakatlarning huquqiy oqibati tushuntirildi. Davra suhbati yakunida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.