O’zbekiston Milliy universitetining barcha fakultetlarida tegishli mas’ullar, jumladan, rektor maslahatchisi J.Ruziyev, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Sh.Gʻulomov, profilaktika katta inspektori, podpolkovnik A.Abdulhaqov ishtirokida profilaktik tadbirlar tashkil etilmoqda.
Unda yot va buzg‘unchi g‘oyalar ta’siriga tushib qolmaslik, yoshlar o‘rtasida giyohvandlik vositalari, psixatrop moddalar iste’moli hamda noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq holatlarni oldini olish, turli ommaviy tartibsizliklarda ishtirok etishdan ogoh bo‘lish, turli xil korrupsion holatlarni bartaraf etish kabi mavzularda tushuncha berildi.
Shuningdek, ushbu noqonuniy xatti-harakatlarning huquqiy oqibatlari tushuntirildi. Davra suhbati yakunida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.