Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Talabalar turar joylari

Universitet talabalar turar joyi faoliyatiga oid asosiy hujjat «Talabalar turar joyi» to`g`risidagi NIZOM hisoblanadi. Ushbu hujjat Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining 2005 yil 18 maydagi 107-sonli «Oliy va o`rta maxsus, kasb-hunar ta`lim muassasalarida milliy istiqlol g`oyasini talabalar ongiga singdirishda ta`lim jarayoni, ma`naviy – ma`rifiy faoliyat va ta`limdan tashqari ishlarni yanada takomillashtirish chora – tadbirlari to`g`risida»gi buyrug`i, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining 2006 yil 17 yanvardagi 11 – sonli “Talaba(o`quvchi)lar turar joyi faoliyatiga oid yangi tahrirdagi me`yoriy hujjatlarni tasdiqlash to`g`risida”gi buyrug`i asosida ishlab chiqilgan.
Talabalar turar joyi universitet ichki tartib qoidalari nizomi, “Talabalar turar joyi” to`g`risidagi nizom, TTJ “Talabalar kengashi” ish rejasi asosida faoliyat yuritadi. Hujjatlarning barchasi institut rahbariyati tomonidan tasdiqlangan va Talabalar turar joyida mavjud. Universitet Talabalar turar joyi 5000 o`ringa mo`ljallangan 11 ta binodan iborat bo`lib, hozirda 5600 nafar talaba istiqomat qiladi. TTJda joriy ta`mirlash ishlari amalga oshirilgan.
Barcha xonalar qattiq va yumshoq krovat, mebel, xona jihozlari (ko`rpa-to`shak, jildlar) bilan ta`minlangan. Bino xududida obodonlashtirish ishlari muntazam ravishda amalga oshiriladi. Jumladan dekorativ daraxtlar, bir yillik va ko`p yillik gul ko`chatlari ekilgan, daraxt va yo`laklar oqlangan.
Barcha jihozlar soz holatda, sanitariya xolati yaxshi, yong`in xavfsizligi talablariga amal qilinmoqda. O`quv zali, ma`naviyat va ma`rifat xonasi tibbiyot hamda tarbiyachilar xonalari “Talabalar turar joyi” ning birinchi qavatida joylashgan. Oshxona, hojatxona, yuvinish xonasi, dush har bir qavatning o`ng va chap taraflarida joylashgan. Har bir qavatda zamonaviy televizorlar bor. “Ma`naviyat va ma`rifat” xonasi jihozlangan. Talabalar turar joyiga oid barcha buyruq va tadbirlar rejalari, shuningdek, talabalar turar joyi hayotiga doir yangiliklar shu erda mavjud me`yoriy hujjatlar va e`lonlar oynasiga joylab boriladi.
Talabalar turar joyida yashaydigan talabalarni vaqtinchalik ro`yxatdan o`tkazish belgilangan tartib asosida amalga oshiriladi. Buning uchun talaba yoshlar bilan ishlash bo`yicha prorektor nomiga ariza bilan murojaat qiladi. Prorektor tasdiqlagandan so`ng “Talabalar turar joyi” pasportistkasi IIV tomonidan ta`sis etilgan qoidalar asosida talabalarni vaqtinchalik ro`yxatdan o`tkazadi. TTJlarda talabalar o`z-o`zini boshqaruvini tashkil etish maqsadida faol va jamoatchi talabalardan iborat “Talabalar Kengashi” faoliyat ko`rsatmoqda. Ikki haftada bir marotaba Kengash a`zolarining yig`ilishi o`tkaziladi. Yig`ilishlarda talabalar turar joyidagi shart-sharoitlar, talabalarning ichki tartib-intizomga rioya etishi, talabalar turar joyidagi talabalar navbatchiligi, shu erda o`tkaziladigan turli bayramlarga tayyorgarlik kabi masalalar muhokama qilinadi. Shu bilan birga, har bir qavatda «Qavat sardorlari» mavjud.
Universitet talabalar turar joyida tarbiyaviy ishlarga fakultet dekanlari, yoshlar bilan ishlash bo`yicha dekan muovinlari, professor-o`qituvchilar va murabbiylar jalb etilgan. Talabalar turar joyidagi har bir xonaga institut kafedralari mas`ul etib tayinlangan va ular tomonidan muntazam ravishda talabalar bilan tarbiyaviy ishlar amalga oshiriladi.
Universitet rahbariyati, talabalar turar joyi ma`muriyati, O`zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang`ich tashkiloti hamda universitet kafedralari talabalarning istak va hoxishlaridan kelib chiqib turli ma`naviy-ma`rifiy, tarbiyaviy tadbirlar, uchrashuvlar, davra suhbatlari tashkil etadi.
Universitet talabalar turar joyida yashovchi talabalar bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish va ular orasida sog’lom turmush tarzini tashkil etish maqsadida talabalar turar joyi sport zalida turli sport to’garaklari faoliyat yuritadi.
Shuningdek, universitet talabalar turar joyida talabalar istak va takliflaridan kelib chiqqan holda til to`garagi, kompyuter savodxonligi, pazandachilik, uy hamshiraligi, badiiy havaskorlik kabi to`garaklar tashkil etilmoqda.


Talabalar turar joylari rasimlari



2023/2024-o’quv yili uchun O’zbekiston Milliy universitetiga qarashli Talabalar turar joylariga  taqsimot
1 1-sonli TTJ 400 Chet ellik talabalar
2 2-sonli TTJ 488 Fizika
3 3-sonli TTJ 474 Geologiya va muhandislik geologiyasi
Iqtisodiyot
4 4-sonli TTJ 476 Jurnalistika va o’zbek filologiyasi
5 5-sonli TTJ 452 Ijtimoiy fanlar
7 12-sonli TTJ 693 Amaliy matematika va intellektual texnalogiyalar
Biologiya va ekologiya
Taekvondo va sport faoliyati
8 14-sonli TTJ 687 Geografiya va geoaxborot tizimlari
Matematika
9 16-sonli TTJ 639 Xorijiy-filologiya
10 18-sonli TTJ 668 Kimyo
Biologiya va ekologiya
11 6-sonli TTJ 459 Tarix
Jami: 5436