Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha “Eng yaxshi darslik” tanlovi e’lon qilinadi

O‘zbekiston Milliy universiteti pedagog-xodimlar o‘rtasida ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha “Eng yaxshi darslik” tanlovida ishtirok etishga chorlaydi.

Tanlovning umumiy talablari va unda ishtirok etish shartlari bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin 👉 buyruq va ilova

Tanlovda belgilangan fanlar bo‘yicha tayyorlangan darsliklar talab etilgan hujjatlar bilan birgalikda yig‘ma jildli papkada joriy 2024-yilning 16-iyun kuniga qadar universitetning O‘quv-adabiyotlar va nashriyot bo‘limiga taqdim etiladi.

☎️ Qoʻshimcha maʼlumot uchun: 91-948-99-29