Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Ta’limning kredit tizimini tashkil etish boshqarmasi

Bo'lim boshlig'i:
100174 Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy
Dushanba-Juma, 14:00 – 17:00
Tel:
E-mail:

Boshqarma universitetda ta’limning kredit-modulь tizimini tashkil etish, o‘quv jarayonini boshqarish, talabalarga xizmat ko‘rsatish, akademik faoliyatni samarali va tizimli tashkil etish, o‘quv reja va fan dasturlarini rivojlantirish, ta’lim jarayonini avtomatlashtirish orqali uning ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, tizimda byurokratik to‘siqlar yuzaga kelishini oldini olish va tahliliy ma’lumotlarni shakllantirish hamda qaror qabul qilish jarayonini optimallashtirish kabi faoliyatni amalga oshiruvchi universitetning tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi.

Boshqarma tarkibi

Boshqarma boshlig‘i, Ta’limning kredit tizimini boshqarish bo‘limi, Talabalar bilan ishlash bo‘limi, Diplom rasmiylashtirish sho‘’basi, bosh mutaxassislar va uslubchilardan iborat.

Ta’limning kredit tizimini boshqarish bo‘limi

Bo‘lim Universitetda ta’limni kredit-modulь tizimi asosida tashkil etish, samarali boshqarish va bu borada dekanatlar, kafedralar va o‘quv jarayoniga daxldor tegishli tuzilmalar ishlarini o‘zaro muvofiqlashtirish bo‘yicha akademik faoliyatni amalga oshiradi va bevosita “Ta’limning kredit tizimini tashkil etish boshqarmasi” tarkibiga kiradi.

Bo‘limning tarkibi: 1 nafar bo‘lim boshlig‘i va 6 nafar mas’ul dekan o‘rinbosarlaridan iborat.

Talabalar bilan ishlash bo‘limi

Bo‘lim Universitetda talabalarga doir hujjatlar hisobini yuritish orqali shaxsiy yig‘ma jildlarini shakllantirish, tegishli buyruqlarni rasmiylashtirish va ijrosini nazorat qilish, diplomlar va ularning  ilovalarini rasmiylashtirish va hisobini yuritish hamda talabalarga sifatli va munosib xizmat ko‘rsatish faoliyatini amalga oshiradi va bevosita “Ta’limning kredit tizimini tashkil etish boshqarmasi” tarkibiga kiradi.

Bo‘limning tarkibi: 1 nafar bo‘lim boshlig‘i, diplom rasmiylashtirish sho‘’basi, 2 nafar bosh mutaxassis, 1 nafar etakchi mutaxassis, 4 nafar uslubchi va 4 nafar o‘quv ishlari bo‘yicha inspektorlaridan iborat.