
O‘zbekiston Milliy universiteti Jurnalistika va O‘zbek filologiyasi fakulteti O‘zbek tilshunosligi kafedrasi qoshidagi “Yosh tilshunos” to‘garagi a’zolari tomonidan Namangan viloyati Uychi tumanidagi 15-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Taraqqiyot tildan boshlanadi” nomli kitobxonlik tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida Uychi tumanidagi 15-, 26-, 37-maktab hamda Ichki ishlar vazirligi qoshidagi akademik litsey o‘quvchilari o‘rtasida kitobxonlik bellashuvi ham o‘tkazildi. G‘oliblar kitoblar jamlanmasi va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Mazkur tadbir yoshlarda kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishni oshirish, ona tilimizga nisbatan chuqur hurmat va e’tiborni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etdi hamda ishtirokchilarda unutilmas taassurot qoldirdi.
O‘zMU Axborot xizmati