Ta’lim jarayoni samaradorligini oshirish, o‘qitilayotgan fanlarning talabalar tomonidan o‘zlashitirish darajasini yaxshilash, ularda kasbiy kompetensiya va sifatlarni, fanlar bo‘yicha egallagan bilimlarni hayotda, amaliyotda qo‘llash, ilmiy-ijodiy qobiliyati va tafakkurini yuksaltirish maqsadida Ijtimoiy fanlar fakultetida barcha ta’lim yo‘nalishlarining
1-3 bosqich talabalari o‘rtasida aprel oyida 31 ta fan bo‘yicha “Fanlar olimpiadasi” o‘tkazilmoqda.
Joriy yilning 9-aprel kuni fakultetning “Huquqiy fanlar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo‘nalishi 2-bosqich talabalariga “Tarbiya” fanidan olimpiada o‘tkazildi. Unda 47 nafar talabalar ishtirok etishdi.
Talabalar olimpiadaning 1-sharti bo‘yicha 25 ta testga javib berishdi va 2-shart bo‘yicha 3 ta savolga yozma javob berishdi.
Tanlovning 3-sharti og‘zaki savol-javob va 4-sharti taqdimot shaklida 16-aprel kuni o‘tkaziladi.
Olimpiada g‘oliblari quyidagi tartibda taqdirlanadi:
1-o‘rin: 1-darajali diplom va 500 000 so‘m pul mukofoti;
2- o‘rin: 2-darajali diplom va 300 000 so‘m pul mukofoti;
3-o‘rin: 3-darajali diplom va 200 000 so‘m pul mukofoti.
Faol ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlanadi.