Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Tavallud kuningiz muborak bo‘lsin!

Hurmatli Minhojiddin Mirzajonovich!
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti jamoasi Sizni tavalludingizning 60 yilligi munosabati bilan chin yurakdan tabriklaydi.

Yoshlarimiz Sizni Jurnalistika va o‘zbek filologiyasi fakultetining sobiq talabasi sifatida chuqur hurmat qilib, ilmiy va badiiy ijodingizni katta qiziqish bilan kuzatib borishadi. Respublika nashriyotlarida chop qilingan qator she’riy to‘plam, ma’rifiy esse va dostonlaringizni maroq bilan mutolaa qilishadi.

Ko‘p yillardan buyon Jurnalistika va o‘zbek filologiyasi fakultetida “Yangi o‘zbek adabiyoti”, “Adabiy tahrir asoslari” fanlaridan olib borayotgan darslaringizdan talabalarimiz bahramand bo‘lib kelmoqdalar.

Hurmatli Minhojiddin Mirzo! Sizni qutlug‘ 60 yoshingiz bilan yana bir bor samimiy tabriklaymiz. Ilmiy va ijodiy ishlaringizda hamda sermashaqqat rahbarlik faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, mustahkam sog‘lik yor bo‘lishini tilaymiz!

Hurmat bilan,
O‘zbekiston Milliy universiteti jamoasi