Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Mehnat faoliyati

Alayev Ruhillo Habibovich hozirda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakulteti Axborot xavfsizligi kafedrasida dotsent lavozimida faoliyat yuritadi.

Ta’lim

R.H. Alayev 2007-yilda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialini bakalavr bosqichida, 2009-yilda esa Toshkent axborot texnologiyalari universitetini magistr bosqichida tamomlagan.

2022-yilda 05.01.05 – “Axborotlarni himoyalash usullari va tizimlari. Axborot xavfsizligi” ixtisosligi bo‘yicha texnika fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan.

2025-yilda esa “Axborotlarni himoyalash usullari va tizimlari. Axborot va kiberxavfsizlik” ixtisosligi bo‘yicha dotsent ilmiy unvonini olgan.

Mehnat faoliyati

O‘zbekiston Milliy universitetida assistent, o‘qituvchi, katta o‘qituvchi hamda dotsent lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Ilmiy faoliyat va qiziqish yo‘nalishlari

Alayev Ruhillo Habibovich axborot xavfsizligi bilan bir qatorda axborot tizimlari, blokcheyn texnologiyalari, sun’iy intellekt va NLP yo‘nalishlarida ham ilmiy tadqiqotlar olib boradi.

U 53 ta ilmiy ish (jumladan 23 ta maqola) hamda 3 ta o‘quv qo‘llanma muallifi bo‘lib, bir nechta ilmiy loyihalarda ishtirok etgan.

O‘qitadigan fanlar

Alayev R.H. o‘quv jarayonida axborot va kiberxavfsizlikka oid fanlardan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar olib boradi. Jumladan:

  • Kompyuter tarmoqlari
  • Kiberxavfsizlik
  • Kompyuter kriminalistikasi
  • Blokcheyn texnologiyalari
  • Veb dasturlar xavfsizligi
  • Tarmoq xavfsizligi

Uslubiy nashrlar

Blokcheyn texnologiyalari: o‘quv qo‘llanma.

  • Yaratilgan vaqti:2026-02-19
  • Fayl hajmi:1.19 MB

Kompyuter tarmoqlari xavfsizligi: o‘quv qo‘llanma.

  • Yaratilgan vaqti:2026-02-19
  • Fayl hajmi:1.99 MB

Avtoreferat

Ilmiy nashrlar

Sertifikatlar

Videodarslar

Loyihalar