Axmedov Saidmuxammad Erkin o‘g‘li – 1991 yil Toshkent viloyati Quyichirchiq tumanining Qo‘rg‘oncha qishlog‘ida tug‘ilgan. 2011-2015 yillarda Toshkent Davlat Pedagogika universiteti “Fizika – astronomiya” yo‘nalishi bakalavriaturasida tahsil olgan. 2015-2017 yillarda O‘zbekiston Milliy universiteti “Atom yadrosi va elementar zarralar fizikasi. Tezlashtiruvchi texnika” mutaxassisligi bo‘yicha magistraturada tahsil olgan. 2019-2024 yillarda O‘zMU Yadro fizikasi kafedrasi o‘qituvchisi, 2024 yildan O‘zMU Yadro fizikasi va astronomiya kafedrasi o‘qituvchisi lavozimida faoliyat olib bormoqda. 2025 yil fizika – matematika fanlari bo‘yicha falsa doktori (PhD) ilmiy darajasini oldi. Uning 1 ta o‘quv qo‘llanmasi (hammualiflikda) chop etilgan. Uning xorijiy jurnallarda 6 ta va Respublikamiz davriy jurnallarida 10 ga yaqin maqolasi chop etilgan. Oilalik, uch nafar farzandi bor.