Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Mehnat faoliyati

Ismailov T.B. 1995-yil 21-noyabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumani Qilichinoq OFYda ziyolilar oilasida tug‘ilgan. Millati — o‘zbek.

U 2001-yilda Qilichinoq OFYdagi 3-son umumiy o‘rta ta’lim maktabining 1-sinfiga qabul qilingan va 2010-yilda mazkur maktabning 9-sinfini tamomlagan. 2010-yilda Ellikqal’a tumanida joylashgan Qoraqalpoq davlat universiteti qoshidagi 2-son akademik litseyning “Aniq fanlar” yo‘nalishiga o‘qishga kirib, 2013-yilda uni muvaffaqiyatli tugatgan.

2013-yilda test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Fizika fakultetining Fizika yo‘nalishi 1-bosqichiga grant asosida o‘qishga qabul qilingan va 2017-yilda mazkur yo‘nalishni tamomlagan.

2017-yilda Davlat attestatsiya komissiyasi tavsiyasiga ko‘ra, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti “Yarimo‘tkazgichlar fizikasi” kafedrasining 5A140204 – Kondensatsiyalangan muhitlar fizikasi va materialshunoslik (turlari bo‘yicha: Yarimo‘tkazgichlar fizikasi) magistratura mutaxassisligiga hujjat topshirgan. Kirish sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, magistraturaga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan va 2019-yilda magistraturani “yaxshi” hamda “a’lo” baholar bilan tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2018–2022-yillarda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti “Yarimo‘tkazgichlar fizikasi” kafedrasida o‘qituvchi-stajyor lavozimida boshlagan. 2022–2024-yillarda mazkur universitetning 01.04.10 – Yarimo‘tkazgichlar fizikasi ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktoranturasida tahsil olgan hamda 2025-yil 11-iyulda dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilgan.

2025-yil yanvar oyidan boshlab Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti “Raqamli elektronika va mikroelektronika” kafedrasida o‘qituvchi lavozimida faoliyat yuritgan. Hozirgi kunda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Fizika fakulteti “Umumiy fizika” kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda.

T.B. Ismailovning 40 ga yaqin ilmiy ishlari mavjud bo‘lib, shundan 7 tasi Scopus ma’lumotlar bazasida indekslangan, 5 tasi nufuzli davriy ilmiy jurnallarda chop etilgan. Hammualliflikda 2 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma nashr qilingan. Shuningdek, xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy anjumanlarda 20 dan ortiq ilmiy ma’ruzalari bilan ishtirok etgan.

Hozirgi kunda “Temir o‘tish guruhi atomlari (Ni, Mn, Cr, Fe, Co) bilan legirlangan kremniyning magnit va fotoelektrik xususiyatlari” mavzusida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda.

T.B. Ismailov universitet, fakultet va kafedra miqyosida amalga oshiriladigan jamoat ishlarida faol ishtirok etib kelmoqda.

Uslubiy nashrlar

Avtoreferat

Nikel va marganes kirishma atomlari bilan legirlangan kremniyning magnit xususiyatlari

  • Yaratilgan vaqti:2026-02-19
  • Fayl hajmi:1.49 MB

Ilmiy nashrlar

Phase Magnetic Transitions in Silicon Doped with Manganese at Low Temperatures

  • Yaratilgan vaqti:2026-02-19
  • Fayl hajmi:732.64 KB

Magnetic properties of silicon doped with impurity nickel atoms

  • Yaratilgan vaqti:2026-02-19
  • Fayl hajmi:322.44 KB

Magnetic Properties of Silicon with Paramagnetic Impurity Atoms

  • Yaratilgan vaqti:2026-02-19
  • Fayl hajmi:863.31 KB

Ферромагнитные_свойства_кремния,_легированного_атомами_Mn_Ismailov T B ЭОМ 2024

  • Yaratilgan vaqti:2026-02-19
  • Fayl hajmi:565.41 KB

Магнитные свойствакремния. ДАН Узбекистан

  • Yaratilgan vaqti:2026-02-19
  • Fayl hajmi:1.47 MB

Ферромагнитные свойства кремния, легированного примесными атомами марганца при низких температурах

  • Yaratilgan vaqti:2026-02-19
  • Fayl hajmi:918.25 KB

Influence of γ – radiation on the properties of silicon with clusters impurity atoms of manganese and nickel

  • Yaratilgan vaqti:2026-02-19
  • Fayl hajmi:375.07 KB

Ferromagnetic properties of silicon doped with impurity manganese atoms

  • Yaratilgan vaqti:2026-02-19
  • Fayl hajmi:314.60 KB

Physical and Magnetic Properties of Silicon Doped with Impurity Germanium Atoms

  • Yaratilgan vaqti:2026-02-19
  • Fayl hajmi:1.67 MB

Ferromagnetic Properties of Silicon Doped Manganese Atoms

  • Yaratilgan vaqti:2026-02-19
  • Fayl hajmi:602.42 KB

Enhancing the Efficiency of Silicon Solar Cells through Nickel Doping

  • Yaratilgan vaqti:2026-02-19
  • Fayl hajmi:793.51 KB

Effect of nickel doping on the spectral sensitivity of silicon solar cells

  • Yaratilgan vaqti:2026-02-19
  • Fayl hajmi:334.51 KB

Mathematical modeling based on astronomical and physical-geometric principles for optimizing the efficiency of solar panels

  • Yaratilgan vaqti:2026-02-19
  • Fayl hajmi:770.80 KB

Sertifikatlar

"Optical and Computational Technologies for Measurements and Industrial Applications" konferensiyada ishtiroki uchun sertifikat

  • Yaratilgan vaqti:2026-02-19
  • Fayl hajmi:0 bytes

Muxtor Auezov nomidagi Janubiy Qozog'iston davlat universitetida 6 soatga mo'ljallangan dars mashg'uloti

  • Yaratilgan vaqti:2026-02-19
  • Fayl hajmi:1.51 MB

Videodarslar

Loyihalar