Jalolov Rivojiddin Ruxitdin o‘g‘li 1994 yil Namangan viloyatida tug‘ilgan, O‘zbekiston Milliy Universiteti fizika fakultetida 2017 yilda bakalavrlik ilmiy darajasini 2019 yilda magistrlik darajasini olgan. O’zR FA qoshidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutida yetakchi muhandis, kichik ilmiy xodim, katta ilmiy xoodim lavozimlarida faoliyat olib borgan. O’zR FA qoshidagi Ion-plazma va lazer texnologylari institutida 2022-yilda f-m.f. PhD ilmiy darajasi va 2024- yilda katta ilmiy xodim ilmiy unvonini olgan.
U 2022-2023- yillarda katta o’qituvchi lavozimida faoliyat olib borgan, 2024-yildan hozirga qadar dotsent lavozimida ishlamoqda.
Ta’lim:
O’qitadigan fanlari:
Fizikaning zamonaviy tadqiqot usullari;
Atom va malekulyar spektroskopiya;
Optika;
Lazer fizikasi;
Radioelektronika asoslari;
Lazerlarning tibbiyotda qo’llanilishi.
Ilmiy yo’nalishi:
Nanomateriallarni sintez qilish;
metal (Au, Ag) nanozarralari, metal oksidi (ZnO, TiO2, MgO, SnO) nanostrukturalari va metal organik karkaslarining optoelektronik xossalari;
plasmonik materiallar;
fotokatalitik materiallar;
suvni parchalab vodorod olish va uni saqlash texnologiyalari;
gaz detektorlari.