Maxmudov Kobuljon Muxitdin o‘g‘li 1994-yil 9-mayda Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani Chimyon qishlog‘i Oltinsoy mahallasi ishchi oilasida tavallud topgan, millati o‘zbek. U 2013-yilda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Geografiya fakultetining “Gidrologiya” ta’lim yo‘nalishi 1-bosqichiga qabul qilinib, 2017-yilda muvaffaqiyatli yakunladi. Shu yili Fizika fakultetining “Meteorologiya, iqlimshunoslik, agrometeorologiya” mutaxassisligi bo‘yicha magistraturaga qabul qilindi.
K.Maxmudov magistratura o‘qishi davomida 2018-2019-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Favqulotda Vaziyatlar Vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi (O‘zgidromet) da mutaxassisligi bo‘yicha “Agrometeorologiya prognozlar bo‘yicha” muhandis lavozimida faoliyat yuritgan. U magistratura mutaxassisligini 2019-yilda muvaffaqiyatli yakunlab,
2019-2021-yillar davomida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining O‘quv-uslubiy ta’minot bo‘limi uslubchi lavozimida ishlagan.
2021-2022-yillar davomida Gidrometeorologiya fakultetining 1- va
3-bosqich talabalariga (120 nafar) “Tyutor” lovozimida ishladi.
2022-2023-yillarda Gidrometeorologiya fakulteti “Meteorologi va iqlimshunoslik” kafedrasida stajyor-o‘qituvchi lavozimida ishlagan. Hozirgi vaqtda 2024-yil 1-noyabrdan Fizika fakulteti Quruqlik gidrologiyasi va meteorologiya kafedrasida o‘qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda.
Pedagog ilmiy-tadqiqot faoliyati davomida 2 ta darslikka hammuallif, 5 ta ma’qola, 6 ta halqaro va 3 ta respublika miqyosdagi konferensiyalarda tezislari chop etilgan.
Pedagog faoliyati davomida talabalarga ma’ruza, amaliy mashg‘ulot hamda o‘quv-dala amaliyotlarini olib borda.
Shuningdek, K.Maxmudov o‘qish davrida fakultet va universitet miqyosida o‘tkaziladigan tadbirlar hamda sport musobaqalarida faol ishtirok etib kelgan. Jumladan, shanbaliklar, obodonlashtirish ishlarida va jamoat ishlarida ham tashabbuskor bo‘lgan.