Mehnat faoliyati

Mahmudov Sirojiddin Komilevich – Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti Fizika fakulteti Yadro fizikasi va astronomiya kafedrasi o’qituvchisi. U 1989 yilda Samarqand viloyati Payariq tumanining Moylitepa qishlog‘ida tug‘ilgan. 2007 yili o’rta maktabni a’lo baxo bilan bitirgan. 2010-yil Mirzo Ulug’bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti Fizika fakultetiga o’qishga kirgan. 2014-yil o’qishni (bakalavr darajasi) bitirib O’zMU Amaliy fizika ilmiy tadqiqot institutiga ishga kirgan. 2016-yili Fizika fakulteti Yadro fizikasi kafedrasi «Atom yadrosi va elementar zarralar fizikasi, tezlashtiruvchi texnika yo’nalishi magistraturaga o’qishga qabul qilingan. 2018-yil Magistraturani bitirib 2019-yilda Fizika fakulteti Yadro fizikasi kafedrasi «Atom yadrosi va elementar zarralar fizikasi, tezlashtiruvchi texnika yo’nalishi tayanch doktoranturaga o’qishga qabul qilingan. 2022-yildan buyon Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti Fizika fakulteti Yadro fizikasi va astronomiya kafedrasi o’qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda. Mahmudov S.K. 10 dan ortiq ilmiy maqolalar, 30 da ortiq tezislarning hammuallifi, Ilmiy raxbari prof. I. Xolbayev boshchiligida 1ta monagrafiya, 2 ta o’quv uslubiy qo’llanma muallifi.

Mahmudov Sirojiddin Komilevich 2022 yildan kafedrada Fizika va Tibbiyot fizikasi mutaxassisliklari bo‘yicha bakalavr talabalariga “Atom fizikasi”, “Atom yadrosi va elementar zarrachalar fizikasi”, “Fizpraktikum-5” “Fizpraktikum-6”,  “Tezlatgichlar fizikasi”, “Radiatsion fizika”, “Ionlashtiruvchi nurlanishlarning modda bilan o’zaro tasiri”, “Klinik dozimetriya”, “Rentgan va magnit rezonans kompyuter tomografiyasi asoslari” va “Radiatsion xavfsizlik” fanlaridan seminar, laboratoriya va amaliy darslar olib bormoqda.

 

 

Uslubiy nashrlar

Avtoreferat

Mahmudov Sirojiddin Komilevich

  • Yaratilgan vaqti:2026-02-25
  • Fayl hajmi:63.23 KB

Ilmiy nashrlar

Sertifikatlar

Videodarslar

Loyihalar