Omonov Abbosjon Ulug‘bek o‘g‘li -1998 yil 9 mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Farg‘ona viloyati Beshariq tumanida tugʻilgan. 2016-2020 yillarda Qoʼqon Davlat Pedagogika insituti Fizika va Astronomiya yoʻnalishini (bakalavr), 2020-2022 yillar Oʻzbekiston Milliy universiteti Fizika fakulteti Astronomiya tadqiqot yoʻnalishlari bo’yicha (magistratura) bosqichini bitirgan. 2021-2022 yillar oraligʻida Mirzo Ulugʼbek nomidagi Аstronomiya instituti Texnik va Kichik ilmiy xodim lavozimlarida ishlagan 2022-2023 yillarda OʻzMU Astronomiya kafedrasida assistent, oʻqituvchi lavozimlarida ishlagan. Ilmiy-tadqiqot faoliyatini 2020 yilda Oʻzbekiston Milliy universiteti Astronomiya kafedrasida boshlagan. 2023-2025 yillar universitetning tayanch doktoranti. 2026-yildan hozirgi kungacha Fizika fakulteti Yadro fizikasi va astronomiya kafedrasi assistent o‘qituvchisi. U 20 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi, 10 dan ziyod ilmiy maqolalari respublika va xalqaro ilmiy jurnallarda chop etilgan. 1 ta fundamental va 1 ta amaliy loyihalar ishtirokchisi.