Ro‘ziyev Elbek To‘lkinovich- 1990 yilda Buxoro viloyati Olot tumanida tug‘ilgan. Millati o‘zbek, oilali. 2011 yilda O‘zbekiston Milliy Universiteti Fizika fakulteti bakalavr bosqichini, 2015 yilda esa “Atom yadrosi va elementar zarralar fizikasi” yo‘nalishi magistratura bosqichini tamomlagan. Fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) (2025). 2026-yildan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zMU Fizika fakulteti yadro fizikasi va astronomiya kafedrasi o‘qituvchisi. 15 dan ziyod ilmiy maqolalar hammuallifi.