Saitqulov D.R. 1994 yil 25 aprelda Toshkent viloyati Bekobod shahrida, ishchi oilasida tavallud topgan. Millati o‘zbek. U 2001 yilda Bekobod shahridagi 9-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 1-sinfiga borib, 2010 yilda Bekobod shahridagi 12- umumiy o‘rta ta’lim maktabining 9-sinfini tugatgan. 2010 yil Toshkent viloyati Bekobod shahrida joylashgan Bekobod texnika-iqtisodiyot kasb-hunar kollejining “Moliya” yo‘nalishiga o‘qishga kirib 2013 yilda tugatgan. 2013 yilda test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, O‘zbekiston Milliy universiteti Fizika fakultetining Fizika yo‘nalishi 1-kursiga shartnoma asosida qabul qilingan. Mazkur yo‘nalishni 2017 yilda bitirib, Bekobod shahridagi 12- umumiy o‘rta ta’lim maktabiga Fizika fani o’qituvchisi sifatida ishga kirgan, 2018 – yilda mart oyidan sentyabrga qadar Uzmetkombinat AJ da HIEM va ATX bo’limida ijro intizomi inspektori lavozimida ishlagan. 2018 yili DAK tavsiyasiga ko‘ra, Toshkent Davlat texnika universiteti “Lazer texnologiyalari va optoelektronika” kafedrasining 5A312901- Lazer texnologiyalari va optoelektronika magistratura mutaxassisligiga hujjatlarini topshirgan, sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tib, magistraturaga davlat granti asosida qabul qilingan va 2020 yilda magistraturani “a’lo” baholar bilan tamomlagan. Shu yili sentyabr oyida O’zbekiston Milliy universiteti Fizika fakulteti “Umumiy fizika” kafedrasiga stajyor-o’qituvchi lavozimiga ishga kiradi. Hozirgi kunda shu kafedra o‘qituvchisi lavozimida ishlamoqda. 20 ga yaqin ilmiy ishlari, shundan 3 ta Scopus bazasida indekslangan jurnallarda, shuningdek Respublika va xorijdagi jurnal va anjumanlarda e’lon qilingan. Uning hammuallifligida 2 ta o‘quv qo‘llanma chop etilgan. Hozirgi kunda “Tarkibida mis nanozarralari bo‘lgan polietilen asosidagi kompozit polimer materiallar elektr xususiyatlarining o‘ziga xos jihatlari” mavzuida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda.
2013-2017 yy – Mirzo Ulug’bеk nomidagi O’zbеkiston Milliy Univеrsitеti talabasi
2017-03.2018 yy – Toshkеnt viloyati, Bеkobod shahar 12-Umumta’lim maktabida fizika fani o’qituvchisi
03.2018 – 09.2018 y – “O’zmеtkombinat” AJ, HIEM va ATХ da ijro intizomi inspеktori
09.2018 – 2020 y. – Islom Karimov nomidagi Toshkеnt Davlat Tехnika Univеrsitеti magistranti
2020-2021 yy – O’zbekiston Milliy universiteti fizika fakulteti “Umumiy fizika” kafedrasi stajеr-o’qituvchisi
2021 – 2022 yy – O’zbekiston Milliy universiteti fizika fakulteti “Umumiy fizika” kafedrasi o’qituvchisi
2023 -2025 yy. – O’zbekiston Milliy universiteti fizika fakulteti “Umumiy fizika” kafedrasi tayanch doktoranti
08.10.2025y-h.v – O’zbekiston Milliy universiteti fizika fakulteti “Umumiy fizika” kafedrasi o’qituvchisi