Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Mehnat faoliyati

Fizika-matematika fanlari doktori

Mirzo Ulug’bek nonidagi O’zbekiston Milliy universiteti Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika kafedrasi mudiri,

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V.I Romanovskiy nomidagi Matematika instituti Stoxastik analiz laboratoriyasi katta ilmiy xodimi 

 

Aloqa uchun:

Toshkent shahri, Olmazor tumani, Universitet ko‘chasi, 4-uy.

Telefon: (998+71) 246-39-25 (ish), (998+71) 289-38-04 (uy).

Elektrom manzil: osharipov@yahoo.com

 

SHAXSIY MA’LUMOTLAR:

Familiyasi: Sharipov

Ismi: Olimjon

Otasining ismi: Shukurovich

Tug’ilgan kuni: 27.03.1962. (Samarqand viloyati)

 

MA’LUMOTI:

1979-1984 yy. – Toshkent davlat universiteti talabasi

1985-1987 yy. – Toshkent davlat universiteti matematika fakulteti aspiranti

 

ILMIY UNVONI VA ILMIY DARAJASI:

1993 y. Fizika-matematika fanlari nomzodi. (mutaxasisligi – 01.01.05).

Mavzu: « lp fazoda qiymat qabul qiluvchi kuchsiz bog’langan tasodifiy miqdorlar uchun limit teoremalar»

2002 y. Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika ixtisosligi bo’yicha katta ilmiy xodim.

2007 y. Fizika-matematika fanlari doktori (mutaxasisligi – 01.01.05).

Mavzu: « Qorishmalilik shartini qanoatlantiruvchi va Banax fazolarida qiymat qabul qiluvchi tasodifiy miqdorlar yig’indisining asimptotik tahlili va uning statistik xulosalar chiqarish nazariyasidagi tatbiqlari »

 

ILMIY-TADQIQOT FAOLIYATI:

1985-1987 yy. – Toshkent davlat universiteti matematika fakulteti aspiranti

1996-2007 yy. – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Matematika instituti katta ilmiy xodimi

2007 -2012 yy. – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Matematika va informatsion texnologiyalar instituti yetakchi ilmiy xodimi

2012-2017 yy. – O‘zbekiston milliy universiteti koshidagi Matematika instituti  yetakchi ilmiy xodimi

20172018 yy. – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Matematika instituti yetakchi ilmiy xodimi

 

PEDAGOGIK FAOLIYATI:

1988-1994 yy. – Toshkent davlat universiteti matematika fakulteti laboranti,assistenti

1994- 1995 yy. – Toshkent davlat universiteti matematika fakulteti katta o‘qituvchisi, dotsenti

2018 y. – h.v. – Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti ehtimollar nazariyasi va matematik statistika kafedrasi mudiri.

ILMIY QIZIQISHLARI DOIRASI:

·      Chekli va cheksiz o‘lchamli fazolarda qiymat qabul qiluvchi sust bog‘liq tasodifiy miqdorlar uchun limit teoremalar va ularning tatbiqlari: markaziy limit teoremalari; iteratsiyalangan logarifm qonunlari; deyarli ishonchli invariantlik prinsiplari; kuchaytirilgan katta sonlar qonuni.

·      Tasodifiy maydonlar: chekli va cheksiz o‘lchamli fazolarda qiymat qabul qiluvchi aralashuvchi tasodifiy maydonlar uchun limit teoremalar; tasodifiy maydonlar uchun sust bog‘liqlik shartlari.

·      U-statistikalar nazariyasi: bog’liqsiz va sust bog‘liq tanlanmalardan olingan U-statistikalar uchun limit teoremalar.

·      Avtoregressiv jarayonlar: avtoregressiv jarayonlar parametrlarini baholash; sust bog‘liq innovatsiyalarga ega avtoregressiv jarayonlar; Banax fazolaridagi avtoregressiv jarayonlar.

·      Butstrap: sust bog‘liq tanlanmalar uchun U-statistikalar butstrap usuli.

·      Vaqt qatorlarini modellashtirish.

·      Funksional ma’lumotlar tahlili.

 

ILMIY LOIHALARDAGI ISHTIROKI:

1999-yilda O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qo‘mitasi grantini qo‘lga kiritgan (xorijiy universitetga safar xarajatlarini qoplash uchun maxsus grant).

2001-yilda DAAD grantini qo‘lga kiritgan (Germaniya universitetiga safar xarajatlari qoplangan).

2006-yilda DAAD grantini qo‘lga kiritgan.

2006-yilda ICTP International Centre for Theoretical Physics (Italiya, Triyest) grantini qo‘lga kiritgan.

2008-yilda DFG grantini qo‘lga kiritgan.

 

XALQARO LOYIHALAR:

1.   INTAS tashkiloti doirasidagi (Rossiya, Germaniya va Finlyandiya mutaxassislari bilan hamkorlikda) xalqaro ilmiy loyihada O‘zbekiston jamoasi a’zosi. Loyiha nomi: Information Technology for Remotely Sensed Data Analysis Based on the System Integration of Multiscale Conceptions. Muddat: 2005-yil may – 2007-yil aprel.

2.   Rossiya–O‘zbekiston xalqaro ilmiy loyihasida O‘zbekiston jamoasi a’zosi. Loyiha nomi: Probability Theory and Mathematical Statistics Approximation Problems. Muddat: 2008-yil mart – 2009-yil dekabr.

 

MUKOFOTLAR:

2004-yilda professor Sh.K. Formanov bilan birgalikda “Ehtimollik taqsimotlari uchun limit teoremalar va ularning tatbiqlari” mavzusidagi tadqiqotlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalar markazi mukofoti bilan taqdirlangan.

TASHRIFLAR:

Quyidagi universitetlarga uzoq muddatli tashriflar uchun taklif etilganman:

  1. University of Groningen (Niderlandiya) — 1999-yil dekabr – 2000-yil fevral.
  2. Ruhr University Bochum (Germaniya):

2001-yil sentabr – 2001-yil dekabr;

2003-yil aprel – 2003-yil iyul;

2006-yil oktabr – 2006-yil dekabr;

2008-yil sentabr – 2008-yil dekabr;

2009-yil sentabr – 2010-yil fevral;

2010-yil noyabr – 2010-yil dekabr;

2011-yil may – 2011-yil iyul;

2012-yil noyabr – 2012-yil dekabr;

2013-yil oktabr – 2013-yil dekabr;

2014-yil oktabr – 2015-yil yanvar;

2015-yil oktabr – 2015-yil dekabr;

2016-yil fevral – 2016-yil may;

2017-yil aprel – 2017-yil iyun;

2018-yil noyabr – 2018-yil dekabr;

2019-yil oktabr – 2019-yil dekabr.

  1. ICTP International Centre for Theoretical Physics (Italiya, Triyest) — 2007-yil sentabr – 2007-yil dekabr.
  2. Universiti Putra Malaysia (Malayziya) —2009-yil aprel – 2009-yil iyun;

2012-yil aprel – 2012-yil may.

Quyidagi universitetlarga qisqa muddatli tashriflar (ma’ruza qilish uchun) bilan taklif etilganman:

  1. Delft University of Technology (Niderlandiya) — 2000-yil.
  2. University of Göttingen (Germaniya) — 2001-yil.
  3. Kiel University (Germaniya) — 2001-yil.
  4. University of Copenhagen (Daniya) — 2001-yil.
  5. Lomonosov Moscow State University (Rossiya) — 2004-yil.
  6. TU Dresden (Germaniya) — 2006-yil.
  7. Technical University of Munich (Germaniya) — 2014-yil.

 

ASOSIY O‘QUV-USLUBIY ISHLARI:

1. A.K.Muhamedov, O.Sh.Sharipov. “Sug’urta matematikasi”. O‘quv qo‘llanma. Toshkent. 2023-y.

Uslubiy nashrlar

Avtoreferat

Ilmiy nashrlar

Asosiy ilmiy ishlar ro'yxati

  • Yaratilgan vaqti:2026-02-19
  • Fayl hajmi:262.27 KB

Sertifikatlar

Videodarslar

Loyihalar