Uning ilmiy faoliyati matematik modellashtirish, hisoblash usullari va ularning amaliy masalalarga tatbiqi bilan bog‘liq bo‘lib, texnik va muhandislik jarayonlarini matematik nuqtai nazardan tahlil qilishga yo‘naltirilgan.
Ilmiy izlanishlarida u murakkab jarayonlarni — jumladan, texnik tizimlarda issiqlik tarqalishi kabi muammolarni — matematik model asosida o‘rganishga e’tibor qaratadi. Bu yo‘nalish kompyuter hisoblashlari, differensial tenglamalar va sonli metodlar bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, amaliy natijalarga erishishni maqsad qiladi. Shobdarov Elbek o‘z faoliyati davomida ilmiy maqolalar chop etish, metodik qo‘llanmalar tayyorlash hamda ta’lim jarayoniga zamonaviy matematik va kompyuter yondashuvlarni joriy etish bilan shug‘ullanadi.
O‘qituvchi ilmiy faoliyati davomida nufuzli ilmiy jurnallarda 5 ta maqola chop ettirgan, xalqaro va respublika miqyosidagi konferensiyalarda 12 ta ilmiy tezis bilan ishtirok etgan. Shuningdek, 2 ta uslubiy ko‘rsatma muallifi hamda 4 ta dasturiy mahsulot bo‘yicha guvohnoma egasidir.
Uning mehnat foaliyati: