Hozirgi lavozimi
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Hisoblash matematikasi va axborot tizimlari kafedrasi mudiri.
Akademik ma’lumotlari
Ilmiy darajasi: Fizika-matematika fanlari doktori
Ilmiy unvoni: Dotsent
Ilmiy yo‘nalishlari
Matematik fizikaning nokorrekt va teskari masalalari
Xususiy hosilali differensial tenglamalar uchun chegaraviy masalalar
Hisoblash matematikasi
Axborot tizimlari.
O‘qitadigan fanlari
Nokorrekt va teskari masalalar
Integral tenglamalarni sonli yechish
Matematik fizika masalalarini sonli yechish
Kompyuter tomografiyasining matematik asoslari
Ilmiy dasturiy ta’minot.
Loyihalarda ishtiroki
2025 yildan AL-9224104601-sonli “Nochiziqli, divergent va nodivergent ko‘rinishdagi parabolik tenglama va sistemalar bilan tasvirlanuvchi jarayonlarni matematik modellashtirish” mavzusidagi amaliy loyiha ishtirokchisi sifatida qatnashib kelmoqda.
Ilmiy va uslubiy ishlari
104 ta ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlar, 1 ta monografiya, 2 ta o‘quv qo‘llanma, 1 ta o‘quv uslubiy qo‘llanma, ilmiy jurnallarda 36 ta maqola, shu jumladan, Scopus bazasi tarkibiga kirgan 11 ta maqola va respublika, xalqaro anjumanlarda 44 ta tezis chop ettirgan.
Shogirdlari
Bakalavr taʼlim yoʼnalishidagi 16 ta talabalarning bitiruv malakaviy ishlariga, magistratura mutaxasisligidagi 10 ta magistrantlarning diplom ishiga va 3 ta doktorantning dissertatsiya ishiga ilmiy rahbarlik vazifasini bajargan va bajarib kelmoqda. Shu jumladan, uning ilmiy rahbarligida 1 ta talaba Ulug’bek nomli davlat stipendiyasi sohibi boʼlgan.