Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Mehnat faoliyati

Xakimova Zilola Fazliddinovna – 1987 yilda Toshkent viloyatining Parkent tumani, Nomdanak qishlog‘ida tug‘ilgan. U 2006 yilda Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston milliy universiteti Geografiya fakulteti Gidrometeorologiya yo’nalishiga o’qishga qabul qilingan va uni 2010 yilda tamomlagan. 2010 yilda O‘zMU “Gidrokimyo” magistratura mutaxassisligiga qabul qilingan 2012 yilda ushbu mutaxassislikni tugatgan. Z.Xakimova 2012-2019 yy. – Olmaliq ijtimoiy-iqtisodiyot va servis kasb-hunar kollejida o‘qituvchi lavozimida ishlagan. Bugungi kunda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Fizika fakulteti “Quruqlik gidrologiyasi va meteorologiya” kafedrasi dotsenti lavozimida ishlab kelmoqda. Z.Xakimova 50 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi, 30 dan ziyod ilmiy maqolalari respublika va xalqaro davriy ilmiy jurnallarda chop etilgan. 4 ta o‘quv qo‘llanma, 1 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma (hammualliflikda) va 4 ta monografiya (hammualliflikda) muallifi.

Uslubiy nashrlar

Avtoreferat

Ilmiy nashrlar

Sertifikatlar

Videodarslar

Loyihalar