Yunusov Golib Xodjaevich – 1972 yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, 1995 yilda Toshkent davlat universitetini bitirgan, mutaxassisligi muhandis-gidrolog. Geografiya fanlari nomzodi (2009), dotsent (2016), geografiya fanlari doktori (2022) Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zMU Quruqlik gidrologiyasi va meteorologiya kafedrasi professori (2026). U 5 ta monografiya, 2 ta darslik, 10 dan ortiq o‘quv qo‘llanmalar, 3 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 3 ta atlas, 100 dan ziyod ilmiy maqolalar muallifi.
“Yilning eng yaxshi darsligi va o‘quv adabiyoti muallifi” respublika tanlovida birinchi (2015) o‘rinni egallagan. “El-yurt umidi” Jamg‘armasi stipendianti (2019). G‘.Yunusov rahbarligida 20 dan ortiq magistrlar, 1 ta falsafa doktori (PhD) tayyorlandi.