Ziyayev Rahmat Rahimovich – 2010 yilda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zMU Quruqlik gidrologiyasi kafedrasi Gidrometeorologiya yo‘nalishini, 2012 yilda esa shu kafedra magistraturasini tamomlagan. Geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (2021), dotsent (2023). Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zMU Fizika fakulteti Gidrometeorologiya bo‘limi, Quruqlik gidrologiyasi va meteorologiya kafedrasi dotsenti. 100 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi, 30 dan ziyod ilmiy maqolalari respublika va xalqaro davriy ilmiy jurnallarda chop etilgan. 2 ta darslik, 3 ta o‘quv qo‘llanma, 2 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma (hammualliflikda) va 6 ta monografiya (hammualliflikda) muallifi. Uning hammuallifligida tayyorlangan darslik “Yilning eng yaxshi darsligi va o‘quv adabiyoti muallifi – 2015” respublika tanlovida birinchi o‘rinni egallagan.