Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Tekvondo va sport faoliyati

Fakultet dekani – Raximov Vladimir Shavkatovich

100174 Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy

Dushanba-Shanba, 14:00 – 17:00

+998 71 246-18-02

E-mail: taekvondo@nuu.uz


Ma’lumki, mamlakatimizda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, yosh avlodning jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, sport musobaqalari orqali yoshlarda o‘z irodasi, kuchi va imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, mardlik va vatanparvarlik, Vatanga sadoqat tuyg‘ularini kamol toptirish, shuningdek, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish ishlarini tizimli tashkillashtirish hamda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

         Bugungi kunda, yurtimiz vakillari Olimpiya, Jahon va Osiyo o‘yinlari hamda nufuzli  xalqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishib kelmoqdalar. Jumladan, respublikamizda Taekvondo (WTF) sport turi jadal ravishda rivojlanib, yoshlar o‘rtasida yanada ommalashib borayotgani ayniqsa e’tiborlidir.

       O’zbekiston Respublikasida Taekvondo (WTF) sport turini yanada rivojlantirish, yuqori mahoratli sportchilar va kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 noyabrdagi №-3390 sonli “Mirzo Ulug‘bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti tarkibida Taekvondo va sport faoliyati” fakultetini tashkil etish to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi.                

        Ushbu qarorga muvofiq fakultetning asosiy vazifalari belgilab berildi. Unga ko‘ra, Taekvondo (WTF) sport turini o‘qitish va amaliy tayyorlash uslublarini hamda uning tarixi, falsafasi, klassifikatsiyasini o‘zlashtirgan, ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalana oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash, xalqaro ilg‘or xorijiy tajribadan foydalanib, yuqori darajaga ega bo‘lgan xorijiy va mamlakatimizning malakali amaliyotchi mutaxassislari va trenerlarini ta’lim jarayoniga jalb etgan holda kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, yuqori malakali trener va o‘qituvchilarni tayyorlash, iqtidorli yosh sportchilarni aniqlash, xalqaro sport musobaqalarida munosib qatnashadigan professional sportchilar tayyorlash uchun ularning ko‘nikma va bilimlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan zamonaviy o‘qitish dasturlari va metodlarini ishlab chiqish, ta’lim oluvchilarda individual qobiliyatlari va iste’dodlarini hisobga olgan holda jismoniy tarbiya va sportga oid ko‘nikmalarni shakllantirib borish, yuqori intellektual salohiyatga va sport sohasida puxta bilimlarga ega mutaxassislarni tayyorlash, respublika va xalqaro sport musobaqalarida yuqori natijalarga erishadigan hamda O’zbekiston milliy terma jamoalari tarkibida ishtirok etadigan iqtidorli sportchilarni tayyorlashdan iborat.

     Mamlakatimiz ijtimoiy hayotida muhim ahamiyat kasb etuvchi yangi ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklari va fanning ustuvor sohalari belgilab olindi va fakultet professor-o‘qituvchilari jamoasining ilm-fan, ta’lim, ma’rifat sohasidagi, ilmiy tadqiqot, ta’lim tizimini shakllantirishdagi alohida o‘rni va xalqaro nufuzini e’tiborga olib, 5610518 – Sport faoliyati Taekvondo (WT), 5610700 – Sport tadbirlarini tashkil etish va boshqarish, 5610700 – Sport tadbirlarini tashkil etish va boshqarish (sirtqi) hamda Sport faoliyati Regbi va Kurash ta’lim yo‘nalishlari tashkil etildi.

   Yuqori malakali trener hamda o‘qituvchilarni tayyorlash, iqtidorli yosh sportchilarni aniqlash, xalqaro sport musobaqalarida munosib qatnashadtgan professional sportchimlar tayyorlash uchun ularning ko‘nikma va bilimlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan zamonaviy o‘qitish dasturlari va metodlarini ishlab chiqildi.

              Sport faoliyati (Taekvondo WT, Regbi, Kurash) va Sport tadbirlarini tashkil etish va boshqarish ta’lim yo‘nalishlari talaba-yoshlarining bilim va ko‘nikmalarini yanada mustaxkamlash maqsadida  universitet sport majmuasidan to‘laqonli unumli foydalanish yo‘lga qo‘yildi.    

Taekvondo va sport faoliyati fakultetida o‘qitish va tayyorlashning barcha darajalarida innovatsion metodikalarni joriy etish hamda jismoniy tarbiya va sport sohasiga oid dolzarb mavzular bo‘yicha chuqur ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazish belgilandi. Natijada, har yili 30 ga yaqin ilmiy maqola (shundan 10 dan ziyodi xorijda), 5 ga yaqin monografiya, 10 dan ortiq darslik, 15 dan ortiq o‘quv qo‘llanma va ilmiy-uslubiy ishlar hamda 2021 yilda o‘tkazilgan “Jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish istiqbollari: Muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ta’lim muassasalari ilmiy-amaliy anjumani  to‘plamlari chop etildi.

       Talaba-yoshlarni o‘z iqtidori va saloxiyatini kamol toptirish, kelajakda qiziqqan sohasining yetuk mutaxassislari bo‘lib yetishishlari uchun universitet sport majmuasida 10 dan ortiq sportning Yakkakurash va Sport o‘yinlari to‘garaklari hamda talabalarning o‘zini rivojlantirish bo‘yicha kuchli motivatsiya uyg‘otish maqsadida fakultetimizda “Yosh olimlar” maktabining faoliyati keng yo‘lga qo‘yildi.

                  Fakultetda xorijiy mamlakatlardagi nufuzli fan va ta’lim markazlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida ko‘pgina ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, fakultetimiz tomonidan xorijdagi yetakchi turdosh oliy ta’lim muassasalari bilan, jumladan, Koreya Respublikasi “Dankuk”, “Yongin” universitetlari, ”Jaxon Taekvondo sportini rivojlantirish” fondi  hamda Respublikamizning bir qator oliy ta’lim muassasalari bilan  istiqbolli xamkorlik aloqalari  shartnoma asosida yo‘lga qo‘yildi.       

       Fakultetimizda yuqori malakali chet el professor–o‘qituvchilari va olimlarini o‘quv jarayoniga jalb etish maqsadida, Koreya Respublikasi “Dankuk” universiteti professori Baek Mung Jong bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun “Taekvondo nazariyasi va uslubiyati” fanidan  ma’ruza mashg‘ulotlari o‘tkazib kelmoqda.

    Mamlakatimizda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, yosh avlodning jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, sport musobaqalari orqali yoshlarda o‘z irodasi, kuchi va imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, mardlik va vatanparvarlik, Vatanga sadoqat tuyg‘ularini kamol toptirish, shuningdek, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish ishlarini tizimli tashkillashtirish hamda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

       Fakultetimiz talaba-yoshlarining muntazam shug‘ullanib, o‘zlarining sport malakalarini oshirishlari uchun universitet sport majmuasi zamon talablari asosida to‘liq ta’mirlandi va yangi sport inshootlari, ochiq sport arenalari tashkil qilindi,  10 dan ortiq sport to‘garaklarida talaba-yoshlar sportning Yakkakurash va Sport o‘yinlari bilan muntazam shug‘ullanib kelishmoqda. Buning natijasida, fakultetning iqtidorli talaba-yoshlari Tokio-2020 Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga, sport turlari bo‘yicha qo‘lga kiritgan yo‘lanmalari asosida muvaffaqiyatli ishtirok etib,  Ulug‘bek Rashitov (Taekvondo WT) sport turi bo‘yicha Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Svetlana Osipova (Taekvondo WT) Azizbek Abdulxabibov Para Kanoe (Eshkak eshish), Ziyoda Isoqova va         

 Zuxriddin Taxirovlar (Partaevondo WT),  Farxod Umirzoqov va Nuriddin Davlatovlar (Para Pauerlifting) Tokio-2020 Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari ishtirokchilari bo‘lishdi.

      Bugungi kunda, Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning yoshlarga ko‘rsatayotgan g‘amxo‘rligi, universitet rahbariyatining talaba-yoshlarga o‘z imkoniyatlarini to‘laqonli namoyish qilishlari uchun yaratib berayotgan shart-sharoitlardan unumli foydalangan xolda,  talabalarimiz o‘z minnatdorchiliklarini, xalqaro sport maydonlarida yurt bayrog‘ini ko‘klarga ko‘tarib, tengdoshlari orasida tengsiz deb, ifodalanishi, fakultet va universitet ustozlarini yakdillik bilan ulkan maqsadlar sari oldinlashga undab kelmoqda.     Fakultetimizda 7 nafar Tokio-2020 Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan talaba-yoshlar bilan bir qatorda  11 nafar Jaxon chempioni, 13 nafar Osiyo chempionlari va 120 dan ortiq O’zbekiston chempionatlari va nufuzli xalqaro sport musobaqalarining g‘olib va sovrindorlari tahsil olmoqdalar. Iqtidorli sportchi-talabalarimiz orasida             2 nafari Zulfiya nomidagi davlat mukofoti soxibasi,  1 nafar “Yil talabasi 2020” Respublika tanlovida “Yilning eng faol sportchi talabasi” nominatsiyasi ko‘rik tanlovi g‘olibi, 1 nafar “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘rik tanlovining g‘olibligini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, yana bir talabamiz Latviyaning Turiba universitetida bo‘lib o‘tadigan “Business + Communication = New normal” nomli Latviya hukumati stipendiyasi soxibi bo‘lishga sazovor bo‘ldi.

      Vatanimiz bayrog‘ini baland ko‘tarib kelayotgan sportchilarning trenerlari, jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, aholining, ayniqsa yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilishiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan, shuningdek, mamlakatimizning barcha hududlarida ommaviy sportning inson va jamiyat hayotidagi muhim ahamiyati, uning jismoniy va ma’naviy sog‘lomlikning asosi ekanini targ‘ib qilish, iqtidorli sportchilarni saralab olish hamda maqsadli tayyorlash tizimini takomillashtirish borasida sidqidildan mehnat qilayotganlar orasida “Do‘stlik” ordeni hamda “Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan mukofotlangan professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritishmoqda.