Tokio-2020. OʼzMU talabasi Olimpiada oltin medali sohibi


Oʼzbekiston Milliy universiteti Taekvondo va sport faoliyati fakulьteti talabasi -68 kg vaznli Ulugʼbek Rashitov Olimpiya oʼyinlarining finalida britaniyalik Bredli Sidnen qarshi dayanga chiqdi va 34:29 hisobida gʼalaba qozondi.
Bu gʼalaba orqali taekvondochimiz Olimpiada chempioni boʼldi. Shunday qilib, oʼzbekistonlik taevondochi tarixda ilk bor Olimpiya oʼyinlarida OLTIN MEDАLga ega chiqdi. Taʼkidlash lozimki, Oʼzbekiston Milliy universiteti Taekvondo va sport faoliyati fakulьteti talabasi Ulugʼbek Rashitov oʼzbek taekvondochilari orasida Olimpiadada birinchi marta oltin medalь oldi!
Ulugʼbek Rashitov oʼqiyotgan fakulьtet Oʼzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 16 noyabrdagi №3390 sonli “Mirzo Ulugʼbek nomidagi Oʼzbekiston Milliy universiteti tarkibida “Taekvando va sport faoliyati” fakulьtetini tashkil etish toʼgʼrisida” gi qarori bilan tashkil etilgan.
Oʼzbekiston delegatsiyasiga Tokiodagi ilk medalni ham aynan Taekvando va sport faoliyati fakulьteti talabasi Ulugʼbek Rashitov keltirdi!
Olimpiya oʼyinlarida Ulugʼbek Rashitov Seydu Fofana (Mali), Li Dae Xun (J.Koreya), Mirxashem Hussayni (Eron), Nedzad Xusich (Bosniya va Gertsegovina) va Bredli Sinden (Buyuk Britaniya) kabi taekvondochilarni magʼlub etdi va chempion boʼldi.
Yurtdoshlarimizni, Ulugʼbekning ota-onasi, yaqinlari, ustozlarini gʼalaba bilan muborakbod etamiz!

OʼzMU Аxborot xizmati