
Toshkent davlat tibbiyot universiteti maydonida “To‘maris izdoshlari” sport musobaqasining Toshkent shahar bosqichi o‘tkazildi. Tadbir “To‘marisning kuchi — bizda!” shiori ostida, talaba‑qizlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va sportga qiziqishni rivojlantirish maqsadida tashkil etildi.
Bosqichda shahardagi 33 ta oliy ta’lim muassasasidan jamoalar ishtirok etib, jismoniy tayyorgarlik, jamoaviylik va yetakchilik ko‘nikmalarini namoyish etdilar. G‘olib jamoalar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi hamda musobaqaning respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
Quvonarlisi, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining “Olmos” jamoasi umumiy hisobda eng yuqori natija ko‘rsatib, birinchi o‘rinni egalladi.
O‘zMU Axborot xizmati