Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Toshkentda «Atrof-muhit muhofazasi, iqlim o‘zgarishi, degradatsiyaga uchdainnovatsion texnologiyalar» mavzuragan tuproqlar unumdorligini oshirishsidagi xalqaroilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahridagi “Wyndham Tashkent” mehmonxonasida “Atrof-muhit muhofazasi, iqlim o‘zgarishi, degradatsiyaga uchragan tuproqlar unumdorligini oshirishda innovatsion texnologiyalar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Tadbir “22 aprel – Xalqaro Yer kuni” munosabati bilan tashkil etildi.

Konferensiya O‘zbekiston Milliy universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya qo‘mitasi, Qonunchilik palatasining Ekologiya masalalari qo‘mitasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Ekologiya vazirligi, Fanlar akademiyasi, Kadastr agentligi, FAO, Turizm qo‘mitasi, O‘rmon xo‘jaligi agentligi hamda “IFODA” Agro Kimyo Himoya va “Amirsoy Resort” kabi qator tashkilotlar hamkorligida o‘tkazildi.

Tadbir davomida tuproq degradatsiyasi global muammo ekani qayd etilib, har yili 7–8 million gektar hosildor yer yo‘qolayotgani ta’kidlandi. O‘zbekistonda esa ayrim hududlarda gumus miqdori 50% gacha kamaygani – tuproqning biologik faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani aytib o‘tildi.

Konferensiyada qabul qilingan tavsiyalar qatorida yer resurslarini boshqarishda zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etish, uglerod neytral dehqonchilik tizimlarini yo‘lga qo‘yish, “Yashil iqtisodiyot” konsepsiyasi doirasida ekologik yondashuvlarni kuchaytirish, cho‘llanish va sho‘rlanishga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro hamkorlikni kengaytirish alohida urg‘uga sazovor bo‘ldi.

Tadbirning amaliy qismida Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysida ilmiy dala seminarlar o‘tkazilib, “Yashil makon” loyihasi doirasida yong‘oq, pista va bodom daraxtlari ekildi. Shuningdek, yosh olimlar o‘rtasida “Eng yaxshi ilmiy ish” tanlovi ham tashkil etildi.

 

Konferensiya yakunida tuproq unumdorligini saqlash va oshirish, iqlim o‘zgarishiga moslashuv, ekologik barqarorlikni ta’minlash yo‘nalishlarida davlat va xalqaro miqyosda faol hamkorlikni chuqurlashtirish zarurligi ta’kidlandi.

Tuproqni asrash – bu faqat agrar masala emas, balki inson salomatligi, oziq-ovqat xavfsizligi va kelajak avlodlar farovonligiga daxldor dolzarb vazifadir.

O’zMU Axborot xizmati