Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Taʼlim sifatini nazorat qilish bo'limi

Lakaev Shuhrat Saidaxmatovich-Bo‘lim boshlig‘i

 100174 Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy

 Dushanba-Shanba, 14:00 – 17:00

 +998712461541

 shlakaev@nuu.uz

Bo'lim haqida

Taʼlim sifatini nazorat qilish boʻlimi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 18 iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 515-son qarorining 14-bandiga muvofiq tashkil etilgan boʻlib, bevosita institut tarkibiga kiradi.

Boʻlimning asosiy maqsadi

Taʼlim sifatini nazorat qilish (TSNQ) boʻlimining asosiy maqsadi O’zMU talabalari bilimlarining davlat taʼlim standartlariga muvofiqligini oʻrganib borish, tahlil qilish, kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish, O’zMUni ichki attestatsiyadan oʻtkazishni tashkil etish va uning natijalari boʻyicha taʼlim sifatiga salbiy taʼsir etuvchi omillarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish va oldini olish choralarini koʻrishdan iborat.

TSNQ boʻlimining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklarning davlat taʼlim standartlari (DTS), malaka talablari, oʻquv rejalari va fan dasturlari, ishchi oʻquv rejalar va fanning ishchi dasturlari bilan taʼminlanganligi hamda oʻzaro muvofiqligini tahlil etish;
  • O’zMUda taʼlim jarayoni sifatini, uning oʻquv adabiyotlari va oʻquv-uslubiy materiallar bilan taʼminlanganlik darajasini oʻrganish;
  • talabalar bilimini baholash jarayonlari va natijalarining xolisligi va shaffofligini oʻrganish;
  • talabalar bilimini tanlanma asosida aniqlash uchun qoʻshimcha ravishda nazorat ishlarini oʻtkazish (mazkur nazorat natijasi talabaning oʻzlashtirish koʻrsatkichida aks etmaydi), natijalarni tahlil qilish, taʼlim sifatiga taʼsir koʻrsatgan omillarni aniqlash jarayonlarini tashkillashtirish;
  • Har bir fan boʻyicha dars mashgʻulotlarini tahlil qilish va O’zMU rektoriga maʼlumotlar berib borish;
  • talabalar davomati va professor-oʻqituvchilarning darsga munosabatini monitoringini olib borish;
  • baholash natijalari boʻyicha tahliliy maʼlumotlar tayyorlash va ularning natijalari yuzasidan O’zMU kengashida hamda rektor yigʻilishida hisobotlar berib borish;
  • bitiruvchilarning bilim darajasini oʻrganish maqsadida yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalari hujjatlari bilan tanishish;
  • tashkiliy-huquqiy va metodik koʻrsatmalar asosida taʼlim va kadrlar tayyorlash sifati monitoringini olib borish va nazorat qilishni tashkil etish;
  • O’zMU ni ichki attestatsiyadan oʻtkazishni tashkil etish va ichki attestatsiya natijalarini, taʼlim sifatiga taʼsir etuvchi omillar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni O’zMU rektoriga hamda Davlat inspeksiyasiga taqdim etish;
  • taʼlim sifatini belgilovchi koʻrsatkichlarning holatini monitoring qilish, aniqlangan muammolar va kamchiliklar yuzasidan O’zMU rektoriga takliflar berish;
  • taʼlim sifatini oshirish maqsadida professor-oʻqituvchilarning malakasini oshirish jarayonida zamonaviy usullar va uslublardan foydalanish samaradorligini tahlil qilish;
  • O’zMUning tarkibiy tuzilmalarida (fakultet, kafedra, boʻlim, markaz, akademik litsey) pedagog xodimlarning kasbiy malakasi holatini, shuningdek oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash yoʻnalishlaridagi sifat darajasini aniqlash maqsadida ichki monitoringni oʻtkazish, tahliliy maʼlumotlarni tayyorlash, aniqlanagan kamchilik va muammolarni bartaraf etish boʻyicha O’zMU rahbariyatiga takliflar kiritish;
  • O’zMU professor-oʻqituvchilari tayanch maʼlumotlarining tegishli dars beradigan fan(lar)iga mosligini tahlil qilish yoki ularning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tayyorlashdan oʻtganligini yoki mos ixtisoslik boʻyicha ilmiy unvon, darajaga ega ekanligini oʻrganish va xulosalarni O’zMU rektoriga maʼlum qilish;
  • taʼlim jarayoni moddiy-texnik bazasi holatini tahlil qilish, uni rivojlantirish va takomillashtirish boʻyicha takliflar berish;
  • O’zMU da talabalar amaliyotining taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklarni inobatga olgan holda tashkil etilganligi va uning samarasini nazorat qilish;
  • O’zMU reytingini aniqlash, baholash, attestatsiya va taʼlim sifatini oʻrganish bilan bogʻliq jarayonlarda ishtirok etish;
  • O’zMUdagi ijtimoiy muhit, kadrlar tayyorlash va taʼlim sifatini oshirish maqsadida doimiy ravishda talaba, ota-ona, professor-oʻqituvchi va kadrlar isteʼmolchilari oʻrtasida ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazish;
  • O’zMUdagi ijtimoiy muhit, kadrlar tayyorlash va taʼlim sifatini oʻrganish maqsadida professor-oʻqituvchilar va kadrlar isteʼmolchilari oʻrtasida oʻtkaziladigan ijtimoiy soʻrovlar jarayonida ishtirok etish, natijalari yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish;
  • bitiruvchilarning taʼlimni keyingi bosqichiga oʻqishga kirishi yoki ishga joylashishlarini tahlil qilishda ishtirok etish;
  • respublika va xorijiy davlatlardagi taʼlim sifatini nazorat qilishga oid yangiliklarni doimiy oʻrganib borish va ularni taʼlim jarayoniga tatbiq etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish;
  • O’zMU reytingini xalqaro darajaga koʻtarishga qaratilgan chora-tadbirlarni oliy taʼlim muassasasi rahbariyati bilan birgalikda ishlab chiqish va uning ijrosini taʼminlashda faol ishtirok etish;
  • O’zMU tegishli tarkibiy tuzilmalari bilan hamkorlikda taʼlim sifatini oshirishga qaratilgan hamda oʻquv seminarlari va treninglarni oʻtkazish;
  • O’zMUda ichki jamoatchi ekspertlar bazasini shakllantirish va ular bilan qoʻyilgan vazifalar doirasida seminar mashgʻulotlarini muntazam ravishda oʻtkazib borish;
  • oʻquv jarayoni bilan ishlab chiqarish oʻrtasidagi integratsion hamkorlik, innovatsion gʻoyalar, ishlanma va texnologiyalarni kengaytirish yuzasidan takliflarni berib borish;
  • O’zMU Kengashida, davra suhbatlari va anjumanlarda TSNQ boʻlimi tomonidan taʼlim sifatini oshirishga oid amalga oshirilgan oʻrganish va monitoring natijalari toʻgʻrisida maʼlumotlar berib borish;
  • taʼlim sifati holatini oʻrganish natijalariga asoslanib tegishli takliflarni O’zMU rahbariyatiga taqdim etish.