Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Turkiya delegatsiyasi bilan manfaatli muloqot

Bugun, 11 yanvar kuni O‘zbekiston Milliy universitetiga Turkiyaning «Turks Abroad and Related Communities» tashkiloti vakillari tashrif buyurdi.
Tashkilot koordinatori Arife Pehlivan boshchiligidagi delegatsiya bilan O‘zbekiston Milliy universiteti Xalqaro hamkorlikni tashkil etish bo‘limi boshlig‘i Javlonbek Madatov hamda Xorijiy talabalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Ulug‘bek Oxundadayev uchrashib muloqot qilishdi.
Uchrashuv davomida turk tomoni «Türkiye Bursları» grantlar dasturi taqdimotini namoyish etdi va uning imkoniyatlar haqida to‘liq ma’lumot berdi.
Ushbu dastur talabalarga Turkiyaning nufuzli reytinglarda TOP 1000 talikka kirgan universitetlarida bepul ta’lim olish imkoniyatini taqdim etadi. Shuningdek, keng ko‘lamli loyiha va dasturlarda qatnashish imtiyozini yaratadi.
Quyidagi havola orqali dastur taqdimoti bilan tanishib chiqish mumkin: https://drive.google.com/file/d/1no0Us9uKuYH1JBflSiQ1E0X_SX5POBYd/view?usp=sharing

Eslatma!
O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari, magistrant va doktorantlari hamda yosh tadqiqotchilari mazkur dasturda ishtirok etish uchun 2025-yilning 20-fevraliga qadar ariza topshirishlari mumkin.


O‘zMU Axborot xizmati