Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Turkiyaning Baxcheshexir (Bahcesehir University — BAU) universiteti professori OʻzMu da


Oʻzbekiston Milliy  universitetida Turkiyaning Baxcheshexir (Bahcesehir University — BAU) universiteti professori, f.-m.f.d., Choriyor Ashuraliyev Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakulteti  “Hisoblash matematikasi va axborot tizimlari” kafedrasida oʻqituqchi sifatida 2023-yil noyabr oyidan boshlab faoliyat olib bormoqda. 

Bugun 1-fevralda 1-kurs Amaliy matematika magistratura mutaxassisligi talabalariga  Teskari masalalarni taqribiy yechish metodlari mavzusida maʼruza oʻqidi.

Ma'lumot o'rnida aytish joizki xorijlik professor-oʻqituvchilarni Oʻzbekiston Milliy universitetiga jalb qilish borasida keng qamrovli ishlar olib borilmoqda va ularning natijasi oʻlaroq oʻtgan 2023-yilda eʼlon qilingan Osiyo universitetlari reytengida Oʻzbekiston Milliy universiteti mazkur koʻrsatgich boʻyicha 90-oʻrinni egalladi





Xalqaro aloqalar bo'limi