O‘zbekiston Milliy universitetida faoliyat olib borayotgan tyutorlar bilan rektor maslahatchisi J.Ro‘ziyev ishtirokida profilaktik yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda talabalarning yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolishini oldini olish, giyohvand moddalar savdosi yoki iste’molining hamda boshqa turdagi jinoyatchiliklarning huquqiy oqibatini tushuntirib borish bo’yicha tyutorlarga zarur ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning iqtidori, ijodiy salohiyatini namoyon qilishi uchun yangi tashabbuslarni ilgari surish zarurligi ta’kidlandi.