Kimyo fakulteti tyutori Abdusattorov Muxiddin Abduqaxxorovich – Tyutorlar kengashi raisi
100174 Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy
Dushanba-Juma, 14:00 – 17:00
+998
abdusattorov @nuu.uz
O’zbekiston Milliy universitida 102 nafar tyutor ish faoliyati olib boradi. Universitetdagi 16 ta fakutetning har biridan bir nafardan tyutor kengash a’zosi qilib tayinlangan. Tyutorlar tomonidan olib borilayotgan ishlar kengashda jamlanadi. Kengashning asosiy vazifalariga ta’lim va tarbiya jarayoni uyg’unligini samarali tashkil etish, tyutorlar faoliyatini mazmuni, shakllari, uslublarini takomillashtirish, talabalarga ijtimoiy-ma’naviy va psixologik yordam ko’rsatgan holda o’quv dasturlarini o’zlashtirish, hayotida to’g’ri qaror qabul qilish, tanlagan kasbiga mos ko’nikmalarni egallashga yo’naltirish uslubiyotini joriy etish, talabalar davomatini yaxshilash bilan bog’liq masalalarda jamoatchilik va mahallaning o’rnini kuchaytirish, talabalarning dars mashg’ulotlarni o’zlashtirib borishini tahlil qilish, darsdan bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishning samarali shakllarini joriy etish, yoshlarni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash, ularning huquqiy, siyosiy madaniyatini oshirishning samarali tizimini yo’lga qo’yish, universitetning har bir yigit-qizida vatanparvarlik, o’zlariga yuklatilgan vazifalarni sidqidildan bajarish, yoshlar tarbiyasi, ma’naviyati, ma’rifati va madaniyatiga doir ishlarning samaradorligini yanada oshirish kiradi.
Tyutorlar kengashi tarkibi kengash raisi va 15 nafar tyutordan iborat.