Universitet Kengashida faol professor-o'qituvchilar va iqtidorli talabalar taqdirlandilar

Joriy yilning 9 iyun kuni universitet Kengashida bir guruh ustozlar va yoshlar taqdirlandi:

Jurnalistika fakulteti O'zbek adabiyotshunosligi kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori Rahmonov Nasimxon Аsqarovich 2021 yilning 16 yanvarida Qozog'istonda chop etilgan turkologiyaga oid ko'plab ishlari, jumladan, “Butunjahon Turkologiyasi tarixi” nomli (uch tilda – ingliz, rus va qozoq tillari) jamoa tadqiqotining muallifi sifatida Qozog'iston Respublikasi Xalq assambleyasining “Birlik” Oltin medali bilan mukofotlandi.

“Аdabiyotshunoslik (o'zbek adabiyoti)” mutaxassisligi 2-bosqich magistranti Yahyoyev Fayzullo Muhammadsoli o'g'li 2021 yil 20-21 aprel kunlari Qozog'iston Respublikasi Nursulton shahrida MDH davlatlari o'rtasida o'tkazilgan “III Xalqaro kitob nashri” loyihasida “Yilning eng yaxshi yosh olimi 2021” deya e'tirof etilib, MDH davlatlarining 35 yoshgacha tadqiqotchilari orasida 1-darajali diplom bilan taqdirlandi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi:

  • Bazarbayev Sardor Urinboyevich - Matematika fakulteti 2-kurs magistranti;
  • Bekmuradova Firuzabonu Normurodovna - Xorijiy filologiya fakulteti 2-kurs magistranti;
  • Tojiyev Dostonjon Beknazar o'g'li - Tarix fakulteti 2-kurs magistranti.

Islom Karimov davlat stipendiyasi:

  • Ne'matov Ozodbek Ne'matovich - Tarix fakulteti 4-kurs talabasi

Navoiy davlat stipendiyasi:

  • Egamberdiyev Аlisher Muzaffar o'g'li - Tarix fakulteti 4-kurs talabasi;
  • Karimova Maftuna Shuxrat qizi - Xorijiy filologiya fakulteti 4-kurs talabasi;
  • Negmatova Olima Baxromovna - Xorijiy filologiya fakulteti 4-kurs talabasi.

Ulug'bek davlat stipendiyasi:

  • Ismoilov Tolibjon Ikromboy o'g'li - Matematika fakulteti 4-kurs talabasi;
  • Oltiboyev Davrbek Nodirbek o'g'li - Matematika fakulteti 3-kurs talabasi.

O'zMU Аxborot xizmati