Ustadjalilov Dostonbek Rustamovichning 08.00.01 – «Iqtisodiyot nazariyasi» ixtisosligi bo‘yicha “Milliy iqtisodiyotda klasterlarni rivojlantirishning nazariy asoslarini takomillashtirish” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/2025.27.12.1.01.10 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 7-aprel kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.

Manzil: 100174, Toshkent, Toshkent shahar Universitet ko‘chasi, 4-uy, O‘zbekiston Milliy universiteti, Iqtisodiyot fakulteti, 2-qavat, 203-xona.
Tel.:(+99871) 246-08-62; (+99871) 227-10-59;
Faks.:(+99871) 246-65-24
E-mail: rector@nuu.uz