Mo’g’uliston poytaxti Ulan-Bator shahrida milliy kurash bo‘yicha o’smirlar va yoshlar o‘rtasida Jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.
Mongoliya Kurash federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan mazkur musobaqada dunyoning ko‘plab mamlakatlaridan sportchilar ishtirok etishdi.
Quvonarlisi, musobaqada -70 kg vazn toifasida O‘zbekiston Milliy universitetining Taekvondo va sport faoliyati fakulteti talabasi Shahrizoda Amirqulova 1-o’rinni qo‘lga kiritdi.
Talaba sportchimiz va uning murabbiylarini universitet jamoasi nomidan tabriklaymiz.