Har qanday davlatning tarixiy taraqqiyot yoʼlidan maʼlumki, yurtning jadal rivojlanishi, muayyan yutuqlarga erishishi, xalqning farovon boʼlishi oʼsha davlatda yoshlar taʼlim-tarbiyasi va kelajagiga beriladigan eʼtibor darajasiga bogʼliq. Shu maʼnoda Oʼzbekistonda yoshlar masalasi davlat siyosatining eng ustuvor yoʼnalishlaridan biri hisoblanadi.
Hozirgi kunda Prezidentimizning tashabbuslari bilan mamlakatimizda yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalash, ularni har jihatdan yetuk, jismonan sogʼlom, intellektual salohiyatli, maʼnan barkamol ulgʼayishi uchun, shuningdek, yoshlarning qilgan ishlari, erishgan yutuqlariga yarasha ragʼbatlantirishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Davlatimiz rahbarining yoshlar borasidagi qaygʼurishlarini biz BMT Bosh Аssambleyasining 72-sessiyasida soʼzlagan nutqidan ham anglashimiz mumkin: “Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson boʼlib kamolga yetishi bilan bogʼliq. Bizning asosiy vazifamiz – yoshlarning oʼz salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratishdan iborat”, deydi yurtboshimiz oʼz nutqlarida.
Mamlakatimizda maktablarda taʼlim sifatini oshirish, taʼlim muassasalarini malakali kadrlar bilan taʼminlash, oʼqituvchilar mavqeyini oshirish, oʼquv dasturi va darsliklar mazmunini takomillashtirish masalalari 2020 yil 23 avgust kuni oʼtkazilgan videoselektor yigʼilishida ham maxsus taʼkidlangan ediki, Murojaatnomadagi maktab oʼquvchilari toʼgʼrisidagi yurtboshimiz fikrlari nainki bugungi kunning, balki ertangi kunning dolzarb mavzusi ekanligini taʼkidlaydi.
Hurmatli Prezidentimiz maktab bosqichidagi yoshlar masalasiga eʼtibor qaratib, maktab va bu sohani tubdan isloh qilish kerakligi haqida yana bir bora jiddiy fikr bildirdilar. Bunda 30ta yangi maktab qurilishi va 320ta maktab qayta taʼmirdan chiqarilishi, buning uchun davlat byudjetidan 2 trillion soʼm ajratilishi, sohada yagona “elektron taʼlim” tizimini joriy etishga kelgusi 2 yilda 250 milliard soʼm yoʼnaltirilishi, taʼlim sifatini yaxshilashda, avvalo, oʼquv dasturlari, oʼqituvchi va domlalar uchun metodik qoʼllanmalarni ilgʼor xalqaro dasturlarga moslashtirish lozimligi alohida taʼkidlandi. Bu borada oʼqituvchilarni ragʼbatlantirish, sinf rahbarligi lavozimi uchun 1,5 baravar ustama toʼlash, boshqa tumandagi olis maktabga borib dars beradigan oʼqituvchilar oyligiga 50 %, boshqa viloyatga borib ishlasa 100 % ustama haq toʼlanishi, shuningdek, xususiy maktablar faoliyatini ragʼbatlantirish uchun byudjetdan subsidiyalar ajratish, shuningdek, oʼqituvchilarning oʼz fanini bilishi, pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligidan kelib chiqib toifa berish mezonlari haqida jiddiy munosabat bildirishlaribu Prezidentimizning doimiy eʼtiborida turgan mavzu ekanligini koʼrsatadi.
Murojaatnomada oliy taʼlimning qamrovi va sifatini oshirishga alohida eʼtibor qaratilishi, keyingi yildan oliy taʼlimga ajratiladigan davlat grantlari soni kamida 25 %ga oshirilishi, ehtiyojmand oilalar qizlari uchun grantlar sonini 2 baravarga koʼpaytirib 2 mingtaga yetkazish, aʼlo baholarga oʼqiyotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlarga maxsus stipendiyalar joriy etish, oliygohlar va taʼlim tizimining quyi boʼgʼinlari oʼrtasidagi uzviylikni kuchaytirish maqsadida 65ta akademik litseyni oliy oʼquv yurtlari tasarrufiga oʼtkazish, 187ta texnikum ham oʼz yoʼnalishi boʼyicha turdosh oliygoh va tarmoq korxonalarga biriktirilishi, yetakchi xorijiy oliy oʼquv yurtlarining magistratura va doktoranturasida oʼqishga yuboriladigan yoshlar soni 5 baravarga oshirilishi, “El-yurt umidi” jamgʼarmasi orqali ilk bor bakalavr yoʼnalishida 100 nafar oʼgʼil-qizlarni chet ellarga joʼnatish, yangi yilda yurtimizda 30ta yetakchi oliygohga oʼquv dasturlarini ishlab chiqish, qabul kvotasi va moliyaviy masalalarni mustaqil hal qilish huquqi berilishi haqidagi fikrlari Oliy taʼlim sohasining ham kechagi va bugungiyutuqlaridan ilhomlanib va yoshlar kelajagi haqida yurtning bir donishmand otasi sifati qaygʼurib aytayotgan taklif va talablaridirki, “Oʼzbekiston farzandiman” degan har bir fuqaro, yoshidan qatʼi nazar bu talablarni oʼzlariga dasturulamal deb bilishlari va bu ishlarning amalga oshishi uchun aqlan yondashishlari kerak boʼladi.
Bundan tashqari, ehtiyojmand oilarning farzandlari, chin yetimlar, nogironligi boʼlgan va davolanishga muhtoj bolalarga alohida mehr-muruvvat koʼrsatish boʼyicha yangi tizim joriy etish, 2021 yilda 900 nafar chin yetim yoshlarni uy-joy bilan taʼminlashga 50 milliard soʼm ajratish, bu tashabbus umumxalq harakatiga aylanishi, shuningdek, bolalar Ombudsmani toʼgʼrisidagi qonunni qabul qilish haqida jiddiy talablarning qoʼyilishi yoshlar masalasi allaqachon davlat masalasiga aylanganini isbotlaydi. Buning dalili sifatida biz Yurtboshimizning 2021 yilni “YoShLАRNI QOʼLLАB-QUVVАTLАSh VА АHOLI SАLOMАTLIGINI MUSTАHKАMLАSh YILI” deya nomlaganligini bir ovozdan qoʼllab-quvvatlaymiz.
Musurmanov Ravshan Kurbanmuratovich
OʼzMU oʼquv-uslubiy taʼminot va taʼlim sifatini nazorat qilish boʼyicha prorektor