Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga hujjat topshirgan abituriyentlar diqqatiga!

Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun (Yurisprudensiya ta’lim yo‘nalishidan tashqari) imtihonlar sanasi ma’lum bo‘ldi.

60420100-Yurisprudensiya ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha test sinovlari sanasi va vaqti haqida universitet rasmiy (www.nuu.uz) saytida hamda rasmiy telegram kanalida (https://t.me/nuu_uz) qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

ESLATMA:

  • Abituriyentlar o‘zlari bilan shaxsini tasdiqlovchi hujjati (pasport yoki ID karta) bilan jadval asosida belgilangan vaqtdan kechikmasdan kelishlari so‘raladi.

 

MA’LUMOT UCHUN:

Sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tib, talabalikka qabul qilingan abituriyentlar tanlagan ta’lim yo‘nalishining o‘quv rejasiga muvofiq birinchi kursda o‘tilgan fanlar bo‘yicha fan farqlarini akademik qarzdor sifatida joriy o‘quv yilida alohida to‘lov asosida o‘zlashtirishi lozim.

 

2025/2026 o‘quv yili qabul jarayonlarida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetiga ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha bakalavriyat ta’lim yo‘nalishiga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun kirish sinovlarini o‘tkazish jadvali

Kirish sinovlarini o‘tkazish jadvali