Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

22-mart “Butunjahon suv kuni” ga bag’ishlangan “SUV VA IQLIM O’ZGARISHI” mavzusidagi onlayn tanlovi

I. “Suv-bu hayot!” mavzusidagi posterlar tanlovi

Ishtirokchilar: Respublikadagi barcha OTM talabalari.
Talablar: Posterlar A2 formatida, hajmi 5 MB dan ortiq bo’lmagan, matn va grafik
nisbati 30/70 bo’lishi, internet ma’lumotlaridan foydalanilganda albatta iqtiboslik
keltirilishi shart. O’zbekistonning holatidan kelib chiqib ishlangan poster yuqori
baholanadi. Hayat a’zolari tomonidan eng yaxshi dep topilgan 3 ta poster mualliflari
diplomlar bilan taqdirlanadi. Plagiat ishlatilish qatnashchining tanlovdan chetlashishiga sabab bo’ladi, posterlar 10-mart kuniga qadar, tashkiliy qo’mitaga ONLAYN ravishda (@Mr_Sanoev) telegram manziliga jpeg yoki pdf shakilda taqdim etilishi lozim. Har bir ishtirokchi tanlovda faqatgina 1 ta poster bilan ishtirok etishi mumkin. Qo’shimcha ma’lumotlarni (@Hydrology_NUUz) telegram kanali orqali kuzatib boring.

II. “Iqlim o’zgarishining O’zbekiston suv resurslariga ta’siri”
mavzusidagi maqolalar tanlovi

Ishtirokchilar: Respublikadagi barcha OTM talabalari (bakalavr va magistrantlar)
talabalardan tashkil topgan guruhlar.

Talablar: Maqola O’zbek tilidagi lotin alfavitida hamda rus tilida Times New
Roman 14 shriftida qatorlar oralig’i 1.15 da yozilgan, yuqoridan va pastdan 2 sm, o’ngdan 2,5 sm va chap tomonidan 1,5 sm dan joy tashlab joylashtirilishi kerak. Maqola sarlavhasi 3 tilda (o’zbek, rus va ingliz) qalin yozuvda o’rtadan joylashtish shaklida, mualliflarning ism familyasi ish yoki o’qish muassasasi ko’rsatilgan holda qiya yozuvda o’ngdan joylashtirish shaklida yozilishi lozim. Maqolaning anotatsiyasi va kalit so’zlari qismi 3 tilda yozilishi lozim O’zbekistonning holatidan kelib chiqib yozilgan maqolalar yuqori baholanadi. Maqolada eng ko’pi bilan 3 ta mualliflar ismi korsatilishi mumkin. Belilgan talablarga mos kelmaydigan maqolalar qabul qilinmaydi. Hayat a’zolari tomonidan eng yaxshi dep topilgan 3 ta maqola mualliflari diplomlar bilan taqdirlanib “O’zbekiston Geografiya Jamiyati” ning jurnalida chop etiladi. Plagiat ishlatilish qatnashchining tanlovdan chetlashishiga sabab bo’ladi, maqolalar 15-mart kuniga qadar, tashkiliy qo’mitaga ONLAYN ravishda (@Mr_Sanoev) telegram manziliga Документ Word 97-2003 formatida saqlangan holda taqdim etilishi lozim. Har bir ishtirokchi tanlovda
faqatgina 1 ta maqola bilan ishtirok etishi mumkin. Qo’shimcha ma’lumotlarni (@Hydrology_NUUz) telegram kanali orqali kuzatib boring.

III. “Suv va iqlim o’zgarishi” mavzusidagi videoroliklar tanlovi
Ishtirokchilar: Respublikadagi barcha OTM talabalari.
Talablar: Har bir ishtirokchi mavzuga asoslangan holda suvdan foydalanish
madaniyati to’g’risidagi o’zining g’oyasi tasvirlangan video filmini 15-mart kuniga qadar, tashkiliy qo’mitaga ONLAYN ravishda (@Mr_Sanoev) telegram manziliga mp4 shakilda taqdim etilishi lozim. Videofilm taqdimoti davomiyligi 5 daqiqadan ((mp4-720p) va <100 mb) oshmasligi lozim. Animatsion grafiklardan foydalanish qo’shimcha ball taqdim etadi. Hayat a’zolari tomonidan eng yaxshi dep topilgan 3 ta videofilm mualliflari diplomlar bilan taqdirlanadi. Internet ma’lumotlaridan foydalanilganda albatta iqtiboslik keltirilishi
shart, plagiat ishlatilish qatnashchining tanlovdan chetlashishiga sabab bo’ladi. Har bir ishtirokchi tanlovda faqatgina 1 ta videofilm bilan ishtirok etishi mumkin. Qo’shimcha ma’lumotlarni (@Hydrology_NUUz) telegram kanali orqali kuzatib boring.