


O‘zMU professori Germaniyaning Humboldt universitetida ma’ruza o‘qidi
2023-yil 14–15-noyabr kunlari O‘zbekiston Milliy universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti “O‘zbek tilshunosligi” kafedrasi mudiri, professor Muhabbat Qurbonova Germaniyaning Humboldt universiteti taklifiga binoan mazkur oliygohda bo‘ldi.
Safar doirasida professor M.Qurbonova universitetning Turkologiya bo‘limi magistratura talabalariga “O‘zbek tili” fanidan ma’ruza o‘qidi. Talabalarga o‘zbek tili bilan bir qatorda milliy madaniyatimiz, qadriyatlarimiz to‘g‘risida ma’lumot berildi, shuningdek, o‘zbek madaniyatiga oid ko‘rgazma — “O‘zbek burchagi” tashkil etildi.
Tashrif davomida professor ilmiy hamkorlik doirasida bir qator xorijiy mutaxassislar bilan muzokaralar o‘tkazdi. Uchrashuvlarda kelgusida ilmiy-tadqiqot va o‘quv-uslubiy yo‘nalishlarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Xalqaro aloqalar bo`limi