
Universitetda yoshlar bilan ishlash mas’ullari ishtirokida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda o‘quv yili yakunlari hamda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik doirasida bir qator dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Yig‘ilishda talabalarni talabalar turar joylariga joylashtirish tartibi, to‘lov masalalari, TTJlarda mavjud sharoitlar va inventarlar holati bo‘yicha ishchi guruh tashkil etish, talabalarni mas’ullarga biriktirish, huquqbuzarliklarning oldini olish va giyohvandlikka qarshi kurashish borasida olib borilayotgan targ‘ibot ishlari yuzasidan fikr almashildi.
Mazkur uchrashuvda birinchi prorektor boshchiligida dekanlar, yoshlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, mas’ul bo‘limlar, buxgalteriya, TTJ direksiyasi hamda bino mudirlari ishtirok etdi.
Yig‘ilish yakunida muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.
O‘zMU Axborot xizmati