Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Universitetning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish bo‘yicha seminar-trening.

Bugun, 14-yanvar kuni Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor Raima Shirinova universitetning barcha kafedra mudirlari hamda kafedralarning investitsiyalar uchun mas’ul xodimlari va o‘qituvchilari uchun “O‘zbekiston Milliy universitetining 2026-yilga mo‘ljallangan investitsiya, grantlari hamda ta’lim eksporti rejasi” ga bag‘ishlangan seminar-trening o‘tkazdi.

Mazkur seminar-treningda 2025-yilda fakultetlar va kafedralar tomonidan jalb qilingan investitsiya va grant mablag‘lari hamda ta’lim eksporti yo‘nalishi bo‘yicha bajarilgan ishlar kafedralar kesimida tahlil qilindi va tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, 2026-yilda mazkur sohada bajariladigan ishlarni rejalashtirish va kafedra rejasini shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Seminar yakunida mas’ul ijrochilar, jumladan har bir kafedra mudiriga vazifalar ijrosini ta’minlashga mas’uliyat bilan yondashish hamda universitetning investitsiyaviy jozibadorligi va ko‘rsatkichlarini oshirish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.