Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) vakillari bilan uchrashuv
Joriy yilning 16-yanvar kuni Oʻzbekiston Milliy universitetiga Koreya xalqaro hamkorlik agentligining (KOICA) Oʻzbekistondagi vakolatxonasi tarjimoni Farhod Qobilov, koreyalik mutaxassislar Hyundai NGV katta menejeri (KOICA eksperti) CHOI Kvanwoong, Hyundai NGV katta menejeri (KOICA eksperti) KIM Yongjin tashrif buyurdilar.
Tashrifdan maqsad KOICA bosh ofisi tomonidan “Malakali va professional kadrlar tayyorlash dasturi doirasida (Skilled and Professional Talent Development Programs)” hamkorlik taklif qilindi.
Mazkur dastur asosan Koreyaning 12 ta nufuzli universitetlarida magistratura mutaxassisligida grant asosida tahsil olishga yoʻnaltirilgan boʻlib, unda asosan sunʼiy intellekt, robototexnika, oziq-ovqat, bioinformatika, energetika, qishloq xoʻjaligi, avtomobilsozlik kabi mutaxassisliklari fizika hamda kimyo yoʻnalishida tahsil oladigan bakalavr bitiruvchilarni jalb qilish boʻyicha takliflar KOICA mutaxassislari tomonidan bildirildi.
Uchrashuv yakunida fevral oyida saytda grantlar eʼlon qilinishi maʼlum qilindi va tanlov boʻyicha kalendar rejalar hamda KOICA faoliyati aks etgan tarqatma material taqdim etildi.
