Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Akademik mobillik



Ma’lumki, Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti xorijiy talabalarni akademik mobillik dasturi doirasida universitetga jalb qilish hamda O’zbekiston Milliy Universiteti talabalarini xorijda akademik mobillik dasturi doirasida hamkor universitetlarga yuborish borasidagi ishlar ko’lamini kengaytirib bormoqda.

Bugun Yusuf Balasag’in nomidagi Qirg’iz Milliy universitetidan O’zbekiston Milliy universitetining Tarix fakultetiga 11 nafar talabalar akademik mobillik dasturi doirasida tahsil olishga keldi.

Talabalarni xalqaro aloqalar bo’yicha prorektor Raima Shirinova hamda Xorijiy talabalar bilan ishlash bo’limi boshlig’i Ulug’bek Oxundadaevlar kutib olib, uiversitetning ichki tartib qoidalari, yotoqxonda yashash sharoitlari va universitet talabalariga yaratilgan imkoniyatlar to’g’risida ma’lumotlar berdilar.

Mazkur talabalar bir oy muddatda akademik mobillik dasturi doirasida O’zbekiston Milliy universitetida tahsil oladilar.


Xalqaro aloqalar bo’limi