Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Akademik Sarimsoqov tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlangan respublika ilmiy anjumani bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Milliy universitetida atoqli matematik olim, akademik Toshmuhammad Sarimsoqov tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlangan “Zamonaviy matematikaning dolzarb muammolari va uning tatbiqlari” mavzusida respublika ilmiy anjumani bo‘lib o‘tdi.

Mazkur ilmiy tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti, akademik Shavkat Ayupov, O‘zbekiston Milliy universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Yoqub Ergashov, Matematika fakulteti dekani Obid Zikirov, yetuk matematik olimlar, professor-o‘qituvchilar, doktorantlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Anjumanda zamonaviy matematik tadqiqotlarning nazariy va amaliy jihatlari, ularning iqtisodiyot, texnologiya va boshqa fanlar bilan bog‘liqligi, shuningdek, Toshmuhammad Sarimsoqovning ilmiy merosi haqida atroflicha fikr yuritildi.

Tadbir doirasida yosh olimlar uchun maxsus seksiyalar tashkil etilib, ilmiy ishlanmalar taqdimoti o‘tkazildi. Mutaxassislar matematikani o‘qitish metodikasi, algoritmlar, matematik modellashtirish kabi yo‘nalishlarda tajriba almashishdi.

Akademik Sarimsoqov nafaqat O‘zbekiston, balki butun Markaziy Osiyodagi ilmiy maktabning shakllanishiga ulkan hissa qo‘shgan. Uning nomi bilan bog‘liq ilmiy anjumanning tashkil etilishi — yoshlar uchun ibrat maktabidir.