Biologiya fakultetida «Yosh biokimyogarlar» to‘garagining navbatdagi yig‘ilishi akademik va yoshlar uchrashuvi shaklida tashkil etildi.
O‘zRFA Mikrobiologiya instituti direktori, akademik Qahramon Davronov bilan o‘tkazilgan uchrashuvda Biologiya fakulteti professor-o‘qituvchilari, tayanch doktorantlar, erkin tadqiqotchilar va talabalar ishtirok etishdi.
Ma’ruza davomida O‘zbekistonda mikrobiologiya hamda biotexnologiya sohalarida olib borilayotgan zamonaviy tadqiqotlar, xalq xo‘jaligi uchun foydali bo‘lgan mikrobiologik shtammlar va ularning qo‘llanilishi haqida kerakli ma’lumotlar berib o‘tildi.
Bundan tashqari Mikrobiologiya instituti olimlari tomonidan yaratilgan preperatlarning qishloq xo‘jaligi o‘simliklarining hosildorligiga ta’siri, ularning kimyoviy o‘g‘itlardan afzalliklari haqida ham yetarlicha tushunchalar berildi. Uchrashuv qiziqarli savol-javoblar asosida olib borildi.