Ayni vaqtda O’zbekiston Milliy universitetida M.V.Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universiteti Moskva iqtisodiyot maktabi “Iqtisodiy va moliyaviy strategiyalar” kafedrasi mudiri, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Rossiya Fanlar akademiyasi xorijiy a’zosi Vladimir Lvovich Kvint ma’ruza o’qimoqda.
«Strategiyalashning nazariy va uslubiy asoslari” mavzusida bo’lib o’tayotgan mazkur ma’ruzada rektor Inom Madjidov boshchiligidagi universitet rahbariyati, fakultet dekanlari, mas’ul-xodimlar, professor-o’qituvchilar ishtirok etmoqda.
Ma’lumot o’rnida, O‘zbekiston Milliy universitetida 2023-yilning oktyabrida “Davlat va korporativ strategiyalar” kafedrasi tashkil etilgan. Mazkur kafedra Vladimir Lvovich ilmiy rahbarligida faoliyat ko‘rsatadi. V.L.Kvint strategiya nazariyasi va strategiyalash metodologiyasi bo‘yicha dunyo tan olgan yirik olim hisoblanadi.