Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Al-Farobiy nomidagi Qozoq Milliy universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Bugun, 24-noyabr kuni O‘zbekiston Milliy universitetida rektor Inom Madjidov Al-Farobiy nomidagi Qozoq Milliy universiteti rektori Janseyt Tuymebayev boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda ikki universitet o‘rtasidagi uzoq yillik hamkorlikning yangi bosqichi, xususan, fan–ta’lim–ishlab chiqarish integratsiyasi doirasida amalga oshiriladigan strategik yo‘nalishlar muhokama etildi.

Tomonlar ayni paytda professor-o‘qituvchilar almashinuvi, talabalar mobilligi hamda qo‘shma ilmiy hamkorlik so‘nggi yillarda sezilarli darajada faollashganini ta’kidlab, ushbu yo‘nalishlarni yanada kengaytirishga kelishib oldilar.

Uchrashuv konstruktiv ruhda o‘tdi va ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha kelgusi qadamlar belgilab olindi.

O‘zMU Axborot xizmati