Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud sanasiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda

O‘zbekiston Milliy universitetining qator fakultetlari hamda talabalar turar joylarida buyuk mutafakkir va davlat arboblari — Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud sanalari munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yuqori saviyada tashkil etilmoqda.

Tadbirlar doirasida adabiy-badiiy kechalar, davra suhbatlari, ma’ruzalar va kitoblar ko‘rgazmalari tashkil etildi. Professor-o‘qituvchilar tomonidan Alisher Navoiyning jahon adabiyoti rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi, uning davlatchilik va ma’naviyat sohasidagi faoliyati haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Shuningdek, Zahiriddin Muhammad Boburning davlat arbobi va mohir sarkarda sifatidagi faoliyati, “Boburnoma” asarining tarixiy va adabiy ahamiyati xususida mazmunli ma’ruzalar tinglandi.

Talabalar tomonidan Navoiy va Bobur g‘azallaridan namunalar ifodali o‘qildi, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Ayrim fakultetlarda esse va ijodiy ishlar tanlovi o‘tkazilib, faol ishtirokchilar munosib taqdirlandi.

Talabalar turar joylarida o‘tkazilgan uchrashuv va suhbatlar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ma’naviy dunyoqarashini boyitishda muhim ahamiyat kasb etdi. Tadbirlar davomida ishtirokchilar buyuk ajdodlarimiz merosi — bugungi kunda ham millat ma’naviyatini yuksaltirishda beqiyos manba ekanini alohida ta’kidladilar.

O’zMU Axborot xizmati