Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Amaliy ingliz tili va adabiyotshunoslik kafedrasi

Bolibekova Mavjuda – Kafedra mudiri

 100174 Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy

 Chorshanba-Juma, 15:00 – 17:00

+998 94 692-70-30

e-mail: Mbolibekova1970@mail.ru


Amaliy ingliz tili va adabiyotshunoslik kafedrasi 2021 yil 6 sentabrda ingliz filologiyasi kesimida tashkil qilindi. Hozirgi vaqtda kafedrada asosiy shtatda 20 ta o‘qituvchi bo‘lib, 3 nafar PhD, 2 nafar katta o‘qituvchi, 4 nafar stajyor-o‘qituvchi, 9 nafar o‘qituvchi faoliyat olib bormoqda.

O‘zbekiston Milliy universiteti Xorijiy filologiya fakulteti “Amaliy ingliz tili va adabiyotshunoslig” kafedrasida zamonaviy o‘qitish usullari, yangi pedagogik va axborot-innovatsion texnologiyalar, soha fanlariga oid videokurs, elektron qo‘llanma, slayd-taqdimot, multimediali ta’lim resurslardan foydalanib, bakalavrlar uchun ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlari olib borilmoqda.

Kafedrada  quyidagi fanlar bo‘yicha ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarni olib boradi:

A) bakalavriatda – “O‘qish va yozma nutq ko‘nikmalari”, “Og`zaki nutq ko`nikmalari”, “Tinglab tushunish kompetensiyasi”, “O`ranilayotgan amaliy til aspektlari”, “Kommunikativ grammatika”, “Mustaqil ta`lim ko`nikmalari”, “Madaniyatlararo muloqot”, “O‘rganilayotgan til nazariy aspektlari”, “Tilshunoslikka kirish”, “O‘zbekiston o‘lkashunosligi”, “Mamlakatshunoslik”, , “Ommaviy axborot vositalari tili”, “Leksikologiya”, “Umumiy tilshunoslik”, “Adabiyotshunoslik va jahon adabiyoti”.

Ushbu fanlardan barcha ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarni kerakli tarzda jihozlangan auditoriyalarda multimediya ta’lim resurslaridan keng va unumli foydalangan holda elektron taqdimotlar, vaziyat taqozo qilganda esa online yoki offline shaklida olib borilmoqda.        

Kafedra mudiri Bolibekova Mavjuda Mardievna filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent v.b.

Bolibekova Mavjuda Mardievna 1970-yil 30-avgustda Samarqand viloyatining Qo‘shrobot tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek. 

 1992-yil F.Engels nomidagi Toshkent davlat  chet tillar pedagogika  institutini ingliz tili ixtisosligi bo`yicha tamomlagan.

  Umumiy ish staji: 31 yil, ilmiy pedagogik ish staji – 31 yil, bo‘lib, 1999 yildan O‘zbekiston Milliy universiteti Xorijiy filologiya fakultetida faoliyat ko‘rsatmoqda:

1987-1992 yy. –   Toshkent davlat chet tillar instituti, ingliz tili fakulteti talabasi;

1990-1993 yy. –   Samarqand viloyati, Qo‘shrabot tumani, 49- o‘rta maktab ingliz tili o‘qituvchisi;

1993-1999 yy. –   Samarqand viloyati, Qo‘shrabot tumani 34- o‘rta maktab ingliz tili o‘qituvchisi;

1999-2005 yy. –   O‘zbekiston Milliy universiteti, ijtimoiy – siyosiy va falsafa fakultetlari uchun chet tillari kafedrasi katta o‘qituvchisi;

2005-2008 yy. –   O‘zbekiston Milliy universiteti, fakultetlararo ijtimoiy-siyosiy fanlar, biznes va huquqshunoslik yo‘nalishlari bo‘yicha chet tillari kafedrasi katta o‘qituvchisi;

2008-2010 yy. –   O‘zbekiston Milliy universiteti Xorijiy filologiya fakulteti ijtimoiy-siyosiy fanlar, biznes va huquqshunoslik yo‘nalishlari bo‘yicha chet tillari kafedrasi katta o‘qituvchisi;

2010-2013 yy. –   O‘zbekiston Milliy universiteti Xorijiy filologiya fakulteti ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlari bo‘yicha chet tillari kafedrasi katta o‘qituvchisi;

2014-2016 yy. –   O‘zbekiston Milliy universiteti Xorijiy filologiya fakulteti ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlari bo‘yicha chet tillari kafedrasi mudiri lavozimini bajaruvchi;

2016-2020 yy. – O‘zbekiston Milliy universiteti Xorijiy filologiya fakulteti ingliz tili kafedrasi katta o‘qituvchisi;

2020-2021 yy. – O‘zbekiston Milliy universiteti Xorijiy filologiya fakulteti ingliz filologiyasi kafedrasi PhD, dotsent v.b.;

2021y.- x.v. – O‘zbekiston Milliy universiteti Xorijiy filologiya fakulteti Amaliy ingliz tili va adabiyotshunoslik kafedrasi mudiri v.b. PhD, dotsent v.b.

2019-yilda filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) darajasini olgan. Dissertatsiyani 2019-yil O‘zbekiston Milliy universiteti, Samarqand davlat chet tillar instituti, Andijon davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.26.04.2018.Fil.01.10 raqamli Ilmiy kengashda “Kesim va gapning o‘zbek va ingliz tillaridagi lingvistik talqini” mavzusida 10.00.06 – “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik” ixtisosligi bo‘yicha himoya qilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya komissiyasi tomonidan 31.05.2019 yildagi 265/1 qaroriga ko‘ra filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasi berilgan (diplom 01 № 001589).


6. Ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashdagi ishtiroki:

Ilmiy-pedagogik faoliyati davrida, ya’ni 2019-2020 o‘quv yili davomida uning rahbarligida Chirchiq davlat pedagogika institutida 5A111401 – “Xorijiy til va adabiyoti – ingliz tili” mutaxassisligi O‘zbekiston Milliy universiteti Xorijiy filologiya fakultetida 5A12012 – Lingvistika – ingliz tili mutaxassisligi magistratura talabalaridan 6 nafari bitiruv malakaviy ishlarini himoya qilishdi.

Jumladan:

  1. Matyoqubova Sh.A.  “Ingliz tilida tarbiyaga oid maqollar va ularning o‘zbek tilidagi muqobillari”
  2. Qobilova M.A “Semantic and contextual features of phraseological units in Uzbek literary texts and their equivalents in English”
  3. Jumanova O.S. “Lexicographical problems of compiling English-Uzbek bilingual dictionaries”
  4. Kuchkarov N.E. “Semantic and structural analysis of tourism terms in English and Uzbek”
  5. Alimjanova Sh.A. “The structural and functional features of polysemy in the process of translation in Uzbek and English”
  6. Arzieva Z.N. “Translation problems of English idioms and set expressions into Uzbek”

Bolibekova M.M. 2 ta “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik” ixtisosligida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyalarga, 6 ta magistrlik dissertatsiya ishlariga, 2 ta o‘quv qo‘llanmalariga taqrizchi bo‘lgan.

Bolibekova M.M. 01.12.2020 yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti izlanuvchisi Radjabova Marjona Axmadovnaning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan “Onomastik komponentli frazeologik birliklarning lingvomadaniy jihati va tarjima muammolari (ingliz, o‘zbek va rus tillari materialida)” mavzusidagi dissertatsiyasiga yetakchi tashkilot taqrizchisi bo‘lgan.

Bolibekova M.M. 2020 yilda O‘zbekiston Xalqaro Islom akademiyasi izlanuvchisi Mo‘minova Dilshodaxon Abduvaxitovnaning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan “Ingliz va o‘zbek tillaridagi tasviriy san’at va dizaynga oid terminlarning lingvokulturologik xususiyatlari” mavzusidagi dissertatsiyasiga yetakchi tashkilot taqrizchisi bo‘lgan.

 M.M. Bolibekova Xorijiy filologiya fakulteti qoshidagi Grant A-OT-2021-419-sonli “Davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini oshirish kursining elektron platformasini yaratish (Rre-school PDP)” nomli innovatsion loyihani bajarish uchun 08.09.2021 dan 31.08.2022 yilgacha katta ilmiy xodim lavozimida faoliyat yuritmoqda.

III. ASOSIY ILMIY VA USLUBIY ISHLARI

M.M. Bolibekova tomonidan ilmiy-pedagogik faoliyati davomida 48 ta ish nashr qilingan, jumladan 1 ta monografiya, 2 ta o‘quv qo‘llanma, 5 ta uslubiy qo‘llanma, 40 ta ilmiy ishlar, jumladan  4 ta Scopus va Web of science bazasiga kiritilgan xorijiy jurnallarda , 8 ta xalqaro va yuqori impafaktor indeksiga ega jurnallarda, 13 ta O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining doktorlik dissertatsiyalarining asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya qilingan ilmiy nashrlarda,  15 ta respublika ilmiy jurnallari va konferensiyalarda  ta maqola va tezislar chop ettirilgan. Qo‘llanmalar fakultet kutubxonalarida mavjud bo‘lib, ulardan dars jarayonida unumli qo‘llanilib kelinmoqda.


IV. KASBIY FAOLIYATINI BAHOLASH MA’LUMOTLARI

Bolibekova M.M. innovatsion ta’lim usullarini egallagan, ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda an’anaviy, online va offline shakllarida ma’ruza kurslari va amaliy mashg‘ulotlarni yuqori o‘quv – uslubiy va ilmiy saviyada olib bormoqda. Bolibekova M.M. muntazam ravishda o‘zining pedagogik malakasini oshirib boradi:

11.11.1995-24.11.1995 yilda M.Bolibekova Samarqand viloyati pedagogik xodimlar malakasini oshirish institutida malakasini oshirdi.

2004, 2005,  2006 yillar O‘zMU va Amerika elchixonasi tomonidan tashkil qilingan ingliz tili seksiyasini bitirdi.

23.04.2007-28.04.2007 yili Oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish Markazida “Oliy ta’limni tashkil etishning dolzarb masalalari bo‘yicha malakasini oshirgan.

24.01.2013-03.02.2013 yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’dod” jamg‘armasi masofali o‘qitish markazida Malayziyaning Diplomatiya va tashqi aloqalar instituti professori Mohd Ridzuan Mohd Shariff hamda Xitoy Xalq Respublikasining Shanhay universiteti professori Ma Jin Xua ishtirokida 48 soatga mo‘ljallangan “Case-study” uslubi: nazariya, metodologiya va texnologiya” kursida malaka oshirgan.

20.05.2013-15.06.2013 yil O‘zbekiston Milliy Universitetida 144 soatlik “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10-dekabrdagi 18-75 qarori bo‘yicha” malakasini oshirgan.

16.09.2013-05.10.2013 yil O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 144 soatlik “Amaliy xorijiy til” bo‘yicha trenerlar tayyorlash kursida malakasini oshirgan.

02.10.2019-30.10.2019 yil O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi RIAIMda 288 soatga mo‘ljallangan “Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili)”  qayta tayyorlash kursida malakasini oshirgan.

Bolibekova M.M. xalqaro, respublika va universitet miqyosidagi ilmiy-amaliy va ilmiy-uslubiy konferensiyalarda ma’ruzalar bilan doimiy ravishda qatnashib kelmoqda. U oliy ta’lim tizimidagi attestatsiya jarayonlarida faol ishtirok etmoqda. Bolibekova M.M. jamoat ishlarida ham faol qatnashadi.

05.01.2021dan buyon PhD, dotsent v.b. Bolibekova Mavjuda Mardievnaga Jizzax davlat pedagogika instituti “Mental Enlightenment Scientific-methodological Journal” elektron ilmiy-uslubiy jurnalining tahririyat a’zosi hisoblanadi.


AMALIY INGLIZ TILI VA ADABIYOTSHUNOSLIK KAFEDRASI TARIXI

“Amaliy ingliz tili va adabiyotshunoslik” kafedrasi 2021 yil 6 sentabrda o‘z faoliyatini boshladi  va hozirda faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. “Amaliy ingliz tili va adabiyotshunoslik” kafedrasiga 2021 yil 6 sentabrdan boshlab PhD,dotsent  Bolibekova Mavjuda Mardiyevna rahbarlik qilib kelmoqda.

AMALIY INGLIZ TILI VA ADABIYOTSHUNOSLIK KAFEDRASI TARKIBI

Bolibekova Mavjuda MardievnaKafedra mudiriMbolibekova1970@mail.ru
Alimjanov Abduaziz AbduhakimovichO‘qituvchialimdjanovaziz@gmail.com
Maqsuda Xilola FerdinantovnaKata o‘qituvchihilola-19833@mail.ru
Yusupova Naima MuzaffarovnaKata o‘qituvchiNaimaxon2017@gmail.com
Yugay Nadejda YurevnaKata o‘qituvchinadya_yugay@list.ru
Akramova Nazira AbdusamatovnaO‘qituvchinaziraakramova@gmail.com
Qodirova Shaxrizode Solijon qiziO‘qituvchiKadirova.sh.s@gmail.com
Abdurahimova Noila Abduhalil qiziO‘qituvchiNellynelly9160@gmail.com
Eshchonov Sanjar ErkinboevichO‘qituvchiAts.sale2018@gmail.com
Abduqaxarov Qobiljon Abduqodir o`g`liStajyor- o‘qituvchiqobil2al@mail.ru
Abulqosimova Nasiba HasanovnaO‘qituvchiabulkasimova2016@mail.ru
Yozilova Feruza Nurmamat qiziStajyor- o‘qituvchiYunona9292@gmail.com
Yaxshiboev Mirjalol Dilshod o`g`liStajyor- o‘qituvchimirjalol.yaxshiboyev.96@mail.ru
Madiyorova Valida Quvondiq qiziStajyor- o‘qituvchivolidaravshan@gmail.com
Muxamedova Odinaxon MaxamadalievnaO‘qituvchiodinashax@mail.ru
Boboraimova Maftuna Asatullo qiziO‘qituvchixadicha14@gmail.com
Shorasulova Arofat Ibroxim qiziO‘qituvchiarofatshorasulova@gmail.com
Yusupova Kandilat BegijanovnaO‘qituvchimrs.kandilat@mail.ru
Atabaeva Nargiza SaloxiddinovnaO‘qituvchiatabayevanargiza828@gmail.com
Toshtemirova Adiba Saloxiddin qiziStajyor- o‘qituvchiAdiba.toshtemirova@mail.ru

KAFEDRANING O`QUV- USLUBIY ISHLARI:

  1. Bolibekova M.M. «Kesim va gapning o‘zbek va ingliz tillaridagi lingvistik talqini». Monografiya. 978-9943-6325-5-4. Toshkent «Ilm –Ziyo- Zakovat» 2020.  10.25 b.t.
  2. Maksudova Kh.F. “Farmasevtika yo`nalishida ingliz tilini o`qitishning kasbiy lingvodidaktik asoslari” Monografiya. Toshkent “Moliya Print” 2021, 140-б.
  3. Alimjanov A.A. “Функционального семантика вопросительного высказывания (на примере современного американского политического дискурса) Monografiya. Ташкент-2021, 154-б.
  4. Bolibekova M.M. Ingliz tili (qisqacha grammatikasi)o‘quv qo‘llanma. ISB №978-9943-305-03-8. Toshkent «Universitet» 2021
  5. Bolibekova M.M. English lexicology “O‘rganilayotgan til amaliy aspektlari” fanidan “5120100 – Filologiya va tillarni o‘qitish –  ingliz tili” yo‘nalishi talabalari uchun o‘quv qo‘llanma. Toshkent 2021. 18 b.t.

   Kafedra a`zolari tomonidan reja asosida ochiq darslar o`tilmoqda. Stajyor-o`qituvchi F. Yozilovaning ochiq darsidan lavhalar:

AMALIY INGLIZ TILI VA ADABIYOTSHUNOSLIK KAFEDRASI ILMIY-TADQIQOT ISHLARI

1. Bolibekova M.M. Comparative analysis of predicate in the Uzbek and English languages. Central Asia international journal of humanitarian sciences. Volume 1 issue 1. 2019.September 15-27 pp.

2. Bolibekova M.M., Jalolova Sh., Nematov O. (Student, NUUz), Tangriyev V. (teacher of Termez U.)  The importance of  modern methods and technologies in learning English. ISSN-2394-5125. Volume 7  Journal of Critical Reviews. Issue 6, 2020. Maleysiya Kuala-Lumpur ( http://dx.doi.org/10.31838/jcr.07.06.28 ) P 143-148 H-index: https://www.scopus.com/authid/detail.uri?authorId=57216658205

3. Bolibekova M.M. Djumabaeva J.Sh. Khaydarova.D. Abdurahimova N. Kushmanov I. The importance of phraseology in teaching English. Ilkogretim. Online-Elementary Education Online, 2020, 19 (4) pp.810-813. Turkey.

http://ilkogretim-online.org.doi10.17051/ilkonline,2020.04186

4. Bolibekova M.M. O‘zbek formal tilshunosligida kesim va gap munosabati BUXDU axboroti 2-son. 2020.

5. Bolibekova M.M., Juraeva I.A., Kakharova N.I., Nazarova D.O. Methods of Achieving High Effectiveness in Foreign Language Teaching Journal of Contemporary Issues in Business and Government. vol. 27 No1. 2021. pp.370-379. P-ISSN:2204-1990E-ISSN:1323-6903 https://cibg.org.au/index.php/cibg/article/view/article_7414.html

6. Bolibekova M.M., Elmuratova N.X., Mirsagatova P.A., Alimjanova Sh. Structural and Functional Features of Polysemy in The Process of Translation in The Uzbek And English Languages Journal of Contemporary Issues in Business and Government. vol.27 No1. 2021.pp.424-433. P-ISSN:2204-1990 E-ISSN: 323-6903. https://cibg.org.au/index.php/cibg/article/view/article_7414.html

7. Bolibekova M.M. Israilova D. Use of E-learning resources in foreign language lessons and requirements to it. Academicia an international Multidisciplinary Research journal ISSN 2249-7137. P.424-433

8. Bolibekova M.M. O. Nematov. F.Nematova Maxim of politeness in Uzbek and English language. International scientific journal Theoretical and applied science 14.10 2021,e-ISSN2409-0085. DOI 10.15863/TAS


KAFEDRANI XALQARO ALOQALARI

O‘zbekiston Milliy universitetining xorijiy filologiya fakul’teti Amaliy ingliz tili va adabiyotshunoslik kafedrasida qo‘shma ta’lim dasturlari va qo‘shma fakul’tetlar asosida kadrlar tayyorlashning yo‘lga qo‘yilganligi.

1. Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti va Muxtar Auezov nomli Janubiy Qozog‘iston universiteti bilan birgalikda 2019 yilda ta’lim, fan va madaniyat sohasi, ilmiy tadqiqot faoliyatini yuritish borasida 5 yillik hamkorlik shartnomasi imzolangan.

2. O‘zbekiston Milliy universiteti va Janubiy Qozog‘iston pedagogika universiteti o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik shartnomasiga muvofiq, Qozoqiston Respublikasi Silkway Xalqaro universitetining bir nechta talabalari akademik almashinuv dasturi doirasida 2019-2020 yillar orasida O‘zbekiston Milliy universitetiga o‘qishni davom ettirish uchun qabul qilingan. 

O‘zbekiston Milliy universitetining xorijiy filologiya fakulteti amaliy ingliz tili va adabiyotshunoslik kafedrasida ta’lim olish uchun quyidagi xorijiy fuqarolarni jalb etilgan:

1. Maxsumxonova Gulchexra Kulfiddinxon – Rossiya Federatsiyasi fuqarosi, xorijiy filologiya fakulteti “Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili)” yo‘nalishi talabasi. (2018)

2. Minglieva Yulduzxon – Rossiya Federatsiyasi fuqarosi, xorijiy filologiya fakulteti “Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili)” yo‘nalishi talabasi. (2018)

3. Fayzullaev Faxriddin – Turkmaniston Respublikasi fuqarosi, xorijiy filologiya fakulteti “Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili)” yo‘nalishi talabasi. (2018)

4. Uluxmuradova Komila – Turkmaniston Respublikasi fuqarosi, xorijiy filologiya fakulteti “Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili)” yo‘nalishi talabasi. (2018)

5. Geldinazarova Tovus – Turkmaniston Respublikasi fuqarosi, xorijiy filologiya fakulteti “Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili)” yo‘nalishi talabasi. (2018)

6. Park Denam – Koreya Respublikasi fuqarosi, xorijiy filologiya fakulteti “Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili)” yo‘nalishi talabasi. (2019)

7. Mamadjanova Odinaxon – Rossiya Federatsiyasi fuqarosi, xorijiy filologiya fakulteti “Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili)” yo‘nalishi talabasi. (2019)

8. Usmanova Gulzada – Qozog‘iston Respublikasi fuqarosi, xorijiy filologiya fakulteti “Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili)” yo‘nalishi talabasi. (2019)

9. Eshmirzaeva Nilufar Mamadiyorovna – Rossiya Federatsiyasi fuqarosi, xorijiy filologiya fakulteti “Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili)” yo‘nalishi talabasi. (2020)

Quyidagi Qirg`iziston Respublikasining Qirg`iz-O`zbek Xalqaro universiteti talabalari O`zMU va QO`XU o`rtasidagi hamkorlik shartnomasi doirasida 2021 yilning 20 noyabridan 10 dekabriga qadar stajirovka uchun Amaliy ingliz tili va adabiyotshunoslik kafedrasiga qabul qilingan:

2020 yil 20 noyabr (Buyruq № 03-2500)

5120100: Filologiya va tillarni o`qitish (ingliz tili) yo`nalishiga:

  • Zhigitali Kyzy Gulzat 5120100: Filologiya va tillarni o`qitish (ingliz tili), 3 kurs, ta`lim tili rus

Xorijiy mamlakatlar bilan shartnoma asosida talaba, doktorant, mustaqil izlanuvchi, ilmiy xodimlar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi bo‘yicha O‘zbekiston Milliy universitetining  xorijiy filologiya fakulteti Ingliz tilshunosligi va Amaliy ingliz tili va adabiyotshunoslik kafedrasi quyidagi ishlarni amalga oshirdi:

1. Mevlana almashinuv loyihasi doirasida O‘zbekiston Milliy universiteti va Turkiya davlatining Necmittin Erbakant Universiteti bilan 2018-2023 yillarni qamrab oluvchi institutlararo kelishuv shartnomasi imzolangan. Ushbu shartnomaga asosan, Milliy Universitetning, bir qator fakultetlari, shu qatorda, xorijiy filologiya fakultetidan bir qancha talaba va professor-o‘qituvchilarning 2 haftalik malaka oshirish uchun safarbarligi  ko‘zda tutilgan.

2. Bundan tashqari, Qirg‘iziston Respublikasi Jalolobod Davlat Universiteti va Mirzo Ulug‘bek nomidagi Milliy Universitet bilan madaniy va ilmiy hamkorlik bo‘yicha shartnoma tuzilgan bo‘lib, ushbu shartomaga binoan:

a) amaliy mashg‘ulotlar shakllarini o‘rganishdagi hamkorlik;

b) talabalar almashinuvi (shu jumladan asosiy kurs talabalari va

ilmiy tadqiqotlarning ilmiy amaliyot va amaliyot o‘tishini ta’minlash maqsadida doktorantlar);

v) professor-o‘qituvchilar almashinuvi;

g) ilmiy darajalarni oshirish maqsadida tezislar va dissertasiyalar tayyorlashdagi hamkorlik;

d) ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha hamkorlik;


KAFEDRA XABARLARI

Yozuvchi Javlon Jovliyev bilan uchrashuv

1. 2021 yil 2-noyabr kuni fakultetimizga “Qo‘rqma” asarining muallifi, umidli yosh ijodkor va tadqiqotchi Javlon Jovliyev talabalarning talab va istaklariga binoan tashrif buyurdi. Uchrashuvda 303-304-305 guruh talabalari o’zlarini qiziqtirgan savollar bilan ishtirok etdilar va muallifdan bir-biridan qiziqarli va mazmunli javoblarni tingladilar.

2. Mamlakatimizda har yili keng tarzda nishonlanadigan Til bayrami Xorijiy filologiya fakultetida tahsil olayotgan III bosqich 304-305 guruh talabalari tomonidan ham o’ziga xos ravishda kutib olindi. Talabalar o’z ijodlaridan sharafli Til bayramimizga atab ajoyib devoriy gazeta hamda ona tilimizga bag’ishlab yozilgan she’rlardan namunalar o’qidilar.

3. Joriy yilning 16-noyabr’ kuni fakultetimizga Istanbul universiteti doktoranti Burju Yilmaz tashrif buyurdi. U Jahon adabiyoti darsida adabiyotshunoslik va tarjima san’ati bo‘yicha talabalarga ma’ruza o‘qidi.

4. Kafedra o’qituvchisi M.D.Yaxshiboyev O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida xalqaro kuzatuvchilar va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokini etishdagi xizmatlari, xorijlik kuzatuvchilarga tarjimonlik qilib ularga har tomonlama ko’maklashishda qo’shgan hissasi uchun O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari A.Abduhakimov tomonidan Tashakkurnoma hamda Oliy va O’rta maxsus ta’lim vaziri A.Toshqulovdan Faxriy Yorliq bilan taqdirlandi.


KASBIY FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH

Kafedradamiz yaqinda tashkil topganiga qaramasdan, kafedrada faoliyat yuritayorgan professor-o’qituvchilar ilmiy ishlar, maqollalar, monografiyalar va uslubiy qo’llanmalar ustida mehnat qilishmoqda. Hozirgacha ko’plab maqolalar Scopus, Web of Science, xalqaro Impactfactori yoqori jurnallarida, respublika miqiyosida o’tkazilayotgan konferensiyalarda chop etilgan.

Shuningdek, chet el oliygohlari, jumladan Qirg’iziston, Rossiya, Buyuk Britaniya va Turkiya mamlakatlaridagi ilg’or o’quv dargohlari bilan o’zaro bilim almashish va malakamizni oshirish maqsadida hamkorliklar yo’lga qo’yilmoqda.

TEFL va TESOL kabi umumujahon tan olgan imtixonlarda o’qituvchilarimiz muvaffaqiyatli tajriba almashib, yangidan-yangi ilmlarga ega bo’lib universitet auditoriyalarda bu yangi metodikalardan foydalanilmoqda.

Kafedramizda shu kungacha 70% o’qituvchi da Aptis va IELTS certifikatlari bo’lib, ulardan deyarli barchasida C1 daraja mavjud.

Kafedradagi ahil-inoqlik va ko’tarinki ruh bizni yanada ko’proq o’zimiz ustimizda ishlashga va yuksak marralarga intilishimizda yordam bermoqda!