Bababekov Akbar – Kafedra mudiri
100174 Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy
Chorshanba-Juma, 15:00 – 17:00
+998 97 422-62-79
e-mail: akbar.bababekov@mail.ru
Antropologiya va etnologiya kafedrasi tarixi
Dastlab, prof. I.M. Jabborovning sa’i-harakatlari bilan 1983 yili, qadimgi dunyo va o‘rta asrlar tarixi kafedrasi nomiga, Oliy ta’lim vazirligi ruxsati bilan etnografiya atamasi qo‘shildi. Kafedrada elshunos olimlardan I.M.Jabborov, G.B.Nikolskayalar faoliyat ko‘rsatganlar, o‘qituvchi T.O‘.Salimovga etnografiyadan nomzodlik dissertatsiyasi mavzusi berilib, u 1986 yilda yoqlaydi. Tarix fakulteti kafedralari soni 14 taga yetgan 80-yillar oxirida “Etnografiya” alohida faoliyat olib borib, so‘ng arxeologiya kafedrasiga qo‘shiladi.
Tarix fakulteti o‘quv fanlari va rejalari “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” qabul qilinishi, ayniqsa O‘zbekiston respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 1998 yilning 26 iyunda bir guruh tarixchi olimlar, jurnalistlar bilan uchrashuvlarida o‘zbeklar etnik tarixini chuqur o‘rganish va targ‘ib qilish haqidagi fikrlaridan kelib chiqib, “O‘zbeklar etnologiyasi”, “O‘zbeklarning etnogenezi va etnik tarixi”, “Etnologiya asoslari” fanlarini bakalavrlar o‘quv rejalariga kiritdik va bu ishlar 1999 yildan “Etnologiya” kafedrasini tiklash imkonini berdi. Ammo, 2010 yildan to 2020 yilga qadar fakultetning arxeologiya kafedrasi bilan qo‘shilishi natijasida etnologiya fanlariga e’tibor kamayib, yo‘qolib ketish darajasiga kelib qoldi.
Nihoyat, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 5 fevraldagi 14-07/1-3796-sonli topshirig‘iga binoan “Millatlararo munosabatlar sohasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan majorali va ixtiloflarning barvaqt oldini olish va ularni profilaktikasi holati monitoringini tizimli tashkil etish bo‘yicha 2020-2021 yillarga mo‘ljallangan amaliy chora-tadbirlar rejasi”ning 8-bandiga muvofiq 2020 yil 30-avgustda O‘zbekiston Milliy universiteti Kengashining 1-sonli majlisi qaroriga ko‘ra kafedra “Antropologiya va etnologiya” nomi bilan yangidan tashkil etildi.
Kafedraning umumiy loyiha mavzusi: “O‘zbekiston raqamli “I-ETNOATLAS” etnografik atlasini yaratish” deya nomlanib, mazkur mavzu millatlararo munosabatlar sohasida ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazish O‘zbekistonda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni mustahkamlash, millatlararo totuvlikni ta’minlashga doir tahliliy ma’lumotlar, takliflar va tavsiyalartayyorlashda, “yo‘l xaritalari” ishlab chiqishda, yurtimizda yashayotgan etnik guruhlar va diasporalar tarixi, madaniyati, etnik nizolar va ularning oldini olish, nizolarni bataraf qilishga oid ilmiy va ilmiy-ommabop nashrlar tayyorlashda hamda “O‘zbekiston – umumiy uyimiz” mavzusida loyihalar, tadbirlar va festivallar o‘tkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.
“Antropologiya va etnologiya” kafedrasi O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Tarix instituti “Etnologiya va antropologiya” markazi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi, O‘zMU qoshidashi “Amaliy etnologiya” laboratoriyasi bilan yaqin hamkorlikda faoliyat olib bomoqda. Kafedra a’zolari qator darsliklar, ilmiy monografiyalar ustida ish olib bormoqdalar. Jumladan, kafedra professori bo‘lgan T.U.Salimov tomonidan, “Etnografik tadqiqotlar o‘tkazish usullari”. Toshkent, ToshDU, 1993, “Drevniy Zaamin” (kollektivnaya monografiya). Tashkent, Fan. 1994, “Avstraliya va Okeaniya xalqlari”. O‘quv qo‘llanma. Toshkent, O‘zMU resurs markazi, 2003. -40 b., Vsemirnaya istoriya (7-klass).Uchebnik. Tashkent, 2004. 18 p.l., Jahon tarixi. 7-sinf. umumta’lim maktablari uchun darslik. Toshkent, 2009. 10 b.t., Jahon tarixi. 7-sinf. umumta’lim maktablari uchun darslik. Toshkent, 2013. 10 b.t., Jahon tarixi. Yevropa mamlakatlari V-XV asrlarda. Darslik. Toshkent, “Universitet” nashriyoti. 2014. 25 b.t., Jahon tarixi (umumta’lim maktablari 7-sinf o‘quvchilari uchun darslik). Toshkent, “O’zbekiston Milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2017. 10 b.t., Vsemirnaya istoriya (7-klass). Toshkent, “O’zbekiston Milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2017. 10 p.l., Qadimgi Zomin (Tarix, arxeologiya, numuzmatika, etnografiya) jamoaviy monografiya. “Muharrir” nashriyoti, -Toshkent, 2018. 0,8 b.t., Nurota va nurotaliklar (monografiya). “Universitet”, Toshkent, 2019. 10 b.t., Jahon xalqlari etnologiyasi. O‘quv qo‘llanma. Toshkent, “Fan” nashriyoti, 2019. 10 b.t.,
Kafedrada o‘qitiladigan fanlar, bakalavr va magistratura uchun alohida ko‘rinishda
№ | Fan nomi (bakalavr) | Fan haqida qisqacha ma’lumot |
1 | Etnologiya | Dunyo xalqlarining etnologik tavsifi, antropologik, lingvistik klassifikatsiyasi, xo‘jalik madaniy tiplari, moddiy va ma’naviy madaniyati, turar joylari, an’anaviy turmush tarzi va diniy e’tiqodlariga doir bilimlarni ahamiyatini o‘rgatishdan iborat. |
2. | Markaziy Osiyo etnologiyasi | Markaziy Osiyo xalqlari etnogenezi va etnik tarixi, xo‘jaligi va moddiy, hamda ma’naviy madaniyati haqidagi bilimlarning nazariy asoslarini, Markaziy Osiyo etnologiyasining asosiy tushunchalarini, klassifikatsiyalash tamoyillarini o‘rgatish hamda ularni amaliyotda tatbiq etish. |
3. | Jahon etnologiyasi | Dunyo xalqlarining etnologik klassifikatsiyasi, moddiy va ma’naviy madaniyati, xo‘jalik xususiyatlari, etno-madaniy jarayonlari, diniy qarashlari, madaniyatlarining zamoanaviylashib borish jarayoni masalalari va ularning taraqqiyot bosqichlari, ulardan ilmiy maqsadlarda foydalanishni bilishi kerak. |
4. | Etnopsixologiya | Ushbu fan etnolog va antropologlar uchun kerak bo‘ladigan etnopsixologiya doirasidagi masalalar: etnopsixologik bilimlar tarixi, etnopsixologiya yo‘nalishdagi oqimlar, etnopsixologik xususiyatlarning shakllanishiga ta’sir qiluvchi omillar, etnos va individ, etnik psixologiyaning tarkibi, milliy urf-odat va an’analar, milliy tuyg‘u, did va ularning namoyon bo‘lishini, etnik konfliktlar va boshqa shu kabi masalalarni o‘z ichiga qamrab oladi. |
5. | Etnopolitologiya | Ushbu fanda etnosiyosat tushunchasi, tizimi va manbalari, siyosat, siyosiy hokimiyat, jamiyatning siyosiy tizimi, siyosiy partiyalar va siyosiy harakatlar, ichki va tashqi siyosatning muhim masalalari hamda xalqaro siyosiy munosabatlar masalalarini o‘rganishda nimalarga e’tibor berilishi yoritib berilgan. |
6. | Etnokonfliktologiya | Ushbu fan etnolog va antropologlar uchun kerak bo‘ladigan konfiliktologiya doirasidagi masalalar: konfiliktologiyaga doir bilimlar tarixi, konfiliktlar sababi, turlari, xususiyatlari, etnik konfliktlar va ularni oldini olish hamda bartaraf qilish yo‘lari va boshqa shu kabi masalalarni o‘z ichiga qamrab oladi. |
7. | Etnodemografiya | Etnodemografiyaning gumanitar fanlar, xususan tarixdagi o‘rni va ahamiyati. Uning “axoli xaqidagi fan”ligi xamda ijtimoiy fanlar qatoriga so‘nggi o‘n yilliklarda qo‘shilgani, dunyo axolisi dinamikasi, son jixatdan oshib borishi omillarini tadqiq etishi. “Etnodemografiya” fani haqidagi bilimlarni karor toptirish mavjud ilmiy adabiyotlar va zamonaviy nazariyalar xamda olib borilayotgan tadqiqot ishlarini o‘rganish, fan buyicha to‘plangan ilgor tajribalar, kadrlar buyurtmachilarining fikr, talab va takliflari kabi masalalarni uz ichiga qamrab oladi. |
8. | Etnologiya muzeyshunosligi | Ushbu fanda muzey va ularning tashkil etilishi, muzey ashyolari, etnologik ashyolaridan foydalanishni o‘rganish, etnologik ma’lumotlarni ilmiy, xolis o‘rganish, tadqiq etish, etnologiyaning dolzarb masalalarini yoritishda, ilmiy tadqiq qilishda etnologik muzey ashyolaridan foydalanish, muzeylarning faoliyatlari masalalarini qamraydi. |
9. | Tarixiy antropologiya | Tarixiy antropologiya fanining maqsad va vazifalari, dunyo xalqlarining etnologik klassifikatsiyasi, moddiy va ma’naviy madaniyati, xo‘jalik xususiyatlari, ztno-madaniy jarayonlari, diniy qarashlari, madaniyatlarining zamoanviylashib borish jarayoni masalalari va ularning taraqqiyot bosqichlari, ulardan ilmiy maqsadlarda foydalanishni bilishi kerak; talaba tarixiy ma’lumotlarni ilmiylik, tarixiylik, xolislik asosida o‘rganish – etnologik muzey ashyolari va internet ma’lumotlarni, arxeologik va etnologik manbalarni mustaqil tadqiq qilish, o‘rganish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak; muzey eksponatlari, antropologik manbalar tavsiflari, ilmiy tadqiqot institutlari fondlari materiallaridan foydalanish malakalariga ega bo‘lish kerak. |
10. | Etnologik tadqiqot metodlari | Etnologik ekspeditsiyani o‘tkazish tartibi va usullari, etnologiya fan soxalari va maktablari, antropologiya va etnologiyaning fan sifatida shakllanish boskichlari, to‘plangan dala etnologik ma’lumotlardan foydalanish xakidagi bilimlarni karor topshirish mavjud ilmiy adbiyotlar va dala ma’lumotlari xamda olib borilayotgan dala tadkikot ishlarini o‘rganish. Fan buyicha to‘plangan ilgor tajribalar, kadrlar buyurtmachilarining fikr, talab va takliflari kabi masalalarni o‘z ichiga qamrab oladi. |
11. | Etnologik va antropologik tafakkur tarixi | «Etnologik va antropologik tafakkur tarixidan» kursining o‘rganilishi talabalarni: dunyo xalqlari haqida ma’lumotlar, xalqlarni o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar, etnologiya va antropologiya yo‘nalishi ilgari surilgan nazariya, konsepsiyalar, Yevropada, Amerika, Osiyo mamlakatlarida etnologik maktablar taraqqiyoti hamda ularning jamiyatdagi jarayonlar bilan va h.k. larni o‘zlashtirishini ko‘zda tutadi. |
12 | Etnogenez va o‘zbek xalqining etnik tarixi | O‘zbek xalqining kelib chiqishi va shakllanishi jarayonida «etnos», «etnik birlik», «elat», «qabila», «xalq», «millat» kabi atamalar, tushunchalarning o‘rni va ahamiyati. Ularning jamiyat taraqqiyoti bosqichlari bilan bog‘liqligi. «Etnos» g‘oyasining muhim jihatlari. Hududiy til birligi, etnik, iqtisodiy va madaniy aloqadorlik masalalari. |
13 | Ijtimoiy antropologiya | Ijtimoiy antropologiya, ijtimoiy –ilmiy bilimlar sohasidir. Ushbu fan insonni bioijtimoiy fikrlash qobiliyatiga ega jonzot, atrof – muhit bilan aloqadagi ob’ekt sifatida ko‘radi. Ijtimoiy antropologiya bir tomondan tahlil uslublari, boshqa tomondan o‘z tavsiyalarini tanlashda qadriyatlar yondashuvini qo‘llab, xolisona tahlil etish orqali o‘z bilimlarini hayotga tadbiq etadi. Ushbu jihat fanning amaliy ahamiyati va insonlar uchun foydali jihatidir. |
14 | Inson evolyusiyasi va old tarix | Inson evolyusiyasi va old tarix fanining predmeti va vazifalari to‘g‘risida talabalarga umumiy tushuncha berish. Antropologik, arxeologik manbalar, yodgorliklar, antropogenez nazariyalarini o‘rganishda ilmiy jihatdan yondashish. Antropologik davrlashtirish va xronologiya, antropogenez fanining rivojlanish tarixi, tadqiqot ko‘lamining o‘sishi, uning bosqichlari, antropogenezning zamonaviy bosqichiga oid bilim, ko‘nikma va malaka shakllantirishdir. |
15 | O‘zbek etnologiyasi va uning tarixshunosligi | O‘zbek xalqini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar, an’anaviy moddiy madaniyat hamda urf‑odat, marosimlar haqida bilim berish, talabalarning tarixiy tafakkurini va dunyoqarashini yuksaltirish. |
16 | Vezual antropologiya | Antropologiyaning fan sohalaridan biri bo‘lib, raqamli texnologiyalar orqali, xususan, video, foto, audio materiallar orqali antropologik ma’lumotlarni tadqiq etiladi. Hozirgi kundagi AQSh, Yevropa va Uzoq sharqdagi rivojlangan fan sohasi. Odamlar(xalq)ning kundalik turmush tarzi, moddiy va manaviy madaniyati vizual tarzda yoritib beriladi. |
№ | Fan nomi (magistr) | Fan haqida qisqacha ma’lumot |
1 | Etnopedagogika | Etnopedagogikaning mustaqil fan sifatida shakllanishi va hozirda uning fanlar tizimidaga o‘rni, etnopedagogikaga doir qarashlar tarixi, xalq pedagogikasi omillari va vositalari, o‘zbek etnopedagogikasi: oilaviy tarbiya xususiyatlari, go‘dak tarbiyasidagi xalq an’analari, o‘g‘il va qiz bolalar sotsializatsiyasidagi farqli xususiyatlar, an’anaviy va zamonaviy ijtimoiy institutlarning sotsializatsiyalovchi ta’siri, an’anaviy ijtimoiy tarbiyada mahallaning o‘rni oid bilim bilan tanishtirishdan iborat. |
2 | Madaniy Antropologiya | Insonlar guruhlarini o‘zaro yaqin turmush tarzi, ma’lum hududda birgalikda hayot kechirishi, yagona siyosiy birlikka mansubligi, umumiy madaniyati, tili va h.klarni o‘rganish; madaniy antropologiya va uning boshqa fanlar bilan aloqasi; inson va madaniyat munosabatlarini o‘rganish;madaniyatlarning ma’lum tarixiy davrdagi ijtimoiy tashkilotlari kelib chiqishi (genezisi), tuzilishi (morfologiyasi) va taraqqiyotini (dinamikasi va xilma-xilligi) o‘rgatish. |
3 | O‘zbeklarning an’anaviy ma’naviy madaniyati | O‘zbeklarning ma’naviy madaniyatining shakllanishi va hozirda uning fanlar tizimidaga o‘rni, unga doir qarashlar tarixi, ma’naviy madaniyatiga ta’sir etuvchi omillar va vositalari, hamda xalq tarixidagi o‘rniga oid bilim bilan tanishtirishdan iborat. |
4 | Xorijiy mamlakatlar etnologiyasi | Ushbu fanda etnologiya sohasidagi xorijiy tadqiqotlar, nazariyalar va qarashlar tahlili yoritib beriladi. |
5 | O‘rta Osiyo etnologiyasining dolzarb muammolari | O‘rta Osiyo halqlarining etnogenezi, etnik tarixi, antropologik va lingivistik tasnifini berish; xalqlarning an’anaviy turmush tarzi, xo‘jaligi, turar‑joylari, kiyim‑kechaklari va taomlari haqida bilim berish; XX asrda sovet xukumati amalga oshirgan ayrim xalqlarni majburiy ko‘chirishning O‘rta Osiyoga ta’siri va yuz berayotgan hozirgi etnomadaniy jarayonlardagi muammolarni va ularning sabablarini o‘rgatish. |
6 | Etnosotsiologiya | Etnosotsiologiyaning predmet doirasi va muammolarini o‘zlashtirish, etniklik, millat va milliylik, millatlaro munosabatlar va etnik siyosat olib borishning asosiy kategoriyalarini o‘rganish, shuningdek dolzarb etnosotsiologik amaliyotni tahlil qilish malakasini shakllantirish. |
7 | Toponimika (etnotoponimika va etnonimiya) | Toponimlar va ularning turlari, nomlanish xususiyatlari, makrotoponimlar, mikrotoponimlar, oykonimlar, urbonimlar, gidronimlar, gidronimlar, oronimlar, agronimlar, zoonimlar, fitonimlar mohiyati va ahamiyati ochib berish. |
8 | O‘zbeklarning an’anaviy moddiy madaniyati | An’anaviy moddiy madaniyat kursining predmeti va vazifalari to‘g‘risida talabalarga umumiy tushuncha berish, fanning rivojlanish tarixi, tadqiqot ko‘lamining o‘sishi, uning bosqichlari, manbalari va ularning madaniy-tarixiy jarayonlarni o‘rganishdagi ahamiyati, tarixiy rivojlanishini bosqichma-bosqich tarixiylik, ilmiylik, xolisona yondashuv negizida o‘rganish, ko‘nikma va malakasini shakllantirishdir. Shuningdek, o‘zbeklarning an’anaviy moddiy madaniyatidagi o‘ziga xosliklarning xalq hayotidagi o‘rni va ahamiyatini ochib berish. |
Etnologik tadqiqotlar o‘tkazish usullari | Talabalarda etnografik ekspeditsiyalar tashkil etish va o‘tkazishga oid bilim, ko‘nikma va malaka shakllantirishdir. Shuningdek, magistrlik dissertatsiyasi mavzusini yoritishda etnografik ekspeditsiyalarni to‘g‘ri tashkil etish va o‘tkazish, dala ma’lumotlaridan foydalanishni o‘rgatishdan iborat. |
Tadqiqotchilar va ilmiy ishlar to‘g‘risida
№ | Tadqiqotchi professor-o‘qituvchining F.I.Sh | Ilmiy darajasi, unvoni | Dissertatsiya ishi mavzusi |
1 | Bababekov Akbar Dovurbaevich | T.f.f.d. PhD, Katta o‘qituvchi | “XX asrda O‘zbekistonning tog‘li tumanlarida etnoiqtisodiy jarayonlar” (Sangzor-Zomin mintaqasi misolida) |
2 | Ubaydullaeva Barno Mashrabjonovna | T.f.d., dotsent | “O‘zbeklarning bola tarbiyasiga doir an’analari va innovatsiyalar” (XX asrning ikkinchi yarmi – XXI asrning boshlari) |
3 | Ashirov Adham Azimbaevich | T.f.d., professor | “O‘zbek xalqi an’anaviy tumush tarzi qadimiy diniy e’tiqodlar” (Farg‘ona vodiysi materiallari asosida. |
4 | Narziev Nabijon Narzullaevich | Katta o‘qituvchi | “O‘zbeklarning an’anaviy muloqot madaniyati” (tarixiy-etnologik tadqiqot) |
5 | Abduzohirov Ravshan Hamdamovich | O‘qituvchi | “Globallashuv davrida migratsion jarayonlar (Qashqadaryo viloyati misolida)” |
6 | Babaraximov Turon G‘ulomnazarovich | O‘qituvchi | “Zamonaviy o‘zbek madaniyatining vizual antropologik qiyofasi (Toshkent shahri misolida)” |
7 | Anorqulov Sayfiddin Muxitdinovich | T.f.f.d. PhD., O‘qituvchi | “Toshkent vohasi sanoat shaharlarida ijtimoiy madaniy jarayonlar” |
Mahalliy va xorijiy hamkorlar bo‘yicha ma’lumot
Kafedra O‘zRFA Tarix instituti, Janubiy Korea Xankuk universiteti, Yaponiyaning Rivojlanayotgan iqtisodiyotlar instituti, Yaponiyaning Chubu, AQShdagi Kaliforniya universitetlari bilan o‘zaro hamkorliklar o‘rnatgan.
Kafedra tarkibi
№ | FISh | Lavozimi |
Bababekov Akbar Dovurbaevich | T.f.f.d. PhD., Kafedra mudiri | |
Ubaydullaeva Barno Mashrabjonovna | t.f.d.dos. | |
Ashirov Adham Azimbaevich | T.f.d., prof. | |
Narziev Nabijon Narzullaevich | Katta o‘qituvchi | |
Abduzohirov Ravshan Hamdamovich | O‘qituvchi | |
Babaraximov Turon G‘ulomnazarovich | O‘qituvchi | |
Anorqulov Sayfiddin Muxitdinovich | T.f.f.d. PhD., O‘qituvchi | |
Abduraxmonova Kamolaxon Ravshanjon qizi | Kabinet mudirasi | |
To‘garaklar
“Yosh etnologlar” to‘garagi mavjud.